O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati


Download 33.52 Kb.
bet3/3
Sana21.01.2023
Hajmi33.52 Kb.
#1106261
1   2   3
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar)

to`rtinchi hokimiyat», deb ta'riflanadi. bu «hokimiyat»ni ro`yobga chiqarishda jurnalist, uning kasb mahorati, umumiy saviyasi va madaniyati katta rol o`ynaydi. jurnalistlik faoliyatining davlat darajasida muhofazalanishi, jurnalistning huquq va majburiyatlari tartibga solinishi «to`rtinchi hokimiyat» uchun mustahkam zamindir.
davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilganlik, uning so`rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq o`tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yish mumkin emas. jurnalist sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.
o`zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning axborot olish huquqi maxsus qonunlar bilan ham mustahkamlab qo`yilgan. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan o`zbekiston respublikasining «axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida»gi qonuni bevosita ushbu huquqni amalga oshirish bilan bog`liq masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va qabul qilingan. ushbu qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosbatlarni tartibga soladi.
davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o`zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga dahldor bo`lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo`li bilan ta'minlanadi2[17].
davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirlardan iborat axborotni berishi mumkin emas. davlat organlarining, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi hatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
o`zbekiston respublikasi prezidenti i.karimovning 2005 yil 28 yanvardagi oliy majlis qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisida nutqida beshta ustuvor vazifalaridan biri etib, “ o`zbekistonda demokratik jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g`oyat muhim sharti- bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo`yicha aniq choralarni amalga oshirishdir” etib belgilandi. ommaviy axborot vositalarini jamiyatdagi o`rni yanada oshirish, ularni iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash muhim vazifalardandir.
o`zbekiston respublikasi oliy kengashining axborotnomasi, 1993 yil 5-son, 232-modda.
demokratik jamiyat taraqqiyotini ommaviy axborot vositalaridan 
ayricha holda tasavvur etib bo‘lmaydi. demokratik jamiyatning o‘ziga 
xos xususiyatlarini, inonparvarlik mazmun-mohiyatini, rivojlanish qonu-
niyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, siyosiy asoslarini om-
ma ongiga etkazish va targ‘ib-tashviqot etishda matbuot, radio va televi-
deniyaning, barcha axborot vositalarining tutgan o‘rni va ahamiyati 
beqiyosdir. 
mamlakatimiz xalqlari, millatlari va har qaysi fuqaroning islohot-
larni amalga oshirish va hayotga joriy etishdagi ijtimoiy-siyosiy faolligi-
ni kuchaytirish, bilim saviyasi, madaniyatini-ma’naviyatini o‘stirish,

onggi, tafakkuri, dunyoqarashi, intellektual salohiyatini yuksaltirish bo-
rasida ommaviy axborot vositalari nechog‘lik ahamiyat kasb etayot-
ganligini har birimiz o‘zimizning ijtimoiy va shaxsiy hayotimiz misolida 
aniq-ravshan ko‘rib-bilib, chuqur his etib turibmiz.
hozirgi paytda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik jamoat-
chilik fikrining holatiga etarli darajada bog‘liq bo‘lib turibdi. jamoat-
chilik fikri shakllanishida ommaviy axborot vositalariga keng o‘rin beri-
ladi. “ommaviy axborot vositalari mamlakatda yuz berayotgan jarayon-
larga turlicha qarashlarda erkin va holis vositachi bo‘lishi va muhimi, 
inson hamda jamiyat manfaatlarining faol va izchil himoyachisi bo‘lishi 
uchun professional jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodim-
larini tayyorlash jarayonini qayta ko‘rib chiqish, axborot olish, tahlil qi-
lish, ishlash va etkazishning zamonaviy usullarini va vositalarini o‘z-
lashtirishda ularga yordam berish zarur”.
ommaviy axborot vositalari orqali insonlar siyosiy ijtimoiy, iqtiso-
diy, madaniy hayotda hamda dunyo hamjihatligi, davlatlararo munosa-
batlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan voqif bo‘ladi, uni idrok etadi, 
ularga o‘z munosabatini bildiradi. 
ijtimoiy-siyosiy hayotimizda ommaviy axborot vositalarining o‘rni 
va roli oshib bormoqda. bugungi taraqqiyotimizni, hayot tarzimizni
barqaror inson tarbiyasini, shaxsning g‘oyaviy-siyosiy, madaniy-ma’-
naviy va aqliy axloqiy kamolotini ommaviy axborot vositalarisiz tasav-
vur etolmaymiz. davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan o‘zbekiston res-
publikasi uchun ommaviy axborot vositalarining faoliyatini va ularning 
samarali ishlashiga yordam beradigan mexanizmlarni tartibga soluvchi 
qonunchilik bazasini takomillashtirish, huquqiy asosini yaratish muam-
mosi dolzarbdir.
asosiy qonunimizning o‘n beshinchi bobi “ommaviy axborot 
vositalari” deb atalishida juda katta ma’no-mazmun bor. bu bob mazmu-
nan chuqur bo‘lgan bittagina moddadan iborat. ya’ni “ommaviy axbo-
rot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. ular axborotning 
to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. 
tsenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilangan (67-modda). 
“mazkur qoidaning asosiy qonun darajasida mustahkamlangan-
ligi, birinchidan, fuqarolarning o‘z fikrlarini erkin tarzda matbuotda, 
radio, televidenie orqali yozma yoki og‘zaki chiqishlarda ifodalash 
huquqini kafolatlasa, ikkinchidan, ommaviy axborot vositalariga beril
gan benazir ahamiyat, yuksak e’tibordir. ushbu konstitutsiyaviy bitikda 
uchta muhim prinsip: ommaviy axborot vositalarining erkinligi, ular 
faoliyatida qonun ustuvorligi hamda tsenzura qilishga yo‘l qo‘ymaslik 
o‘z ifodasini topgan. ayni vaqtda axborotning haqqoniyligi uchun 
mas’uliyat yuklanib, yuridik javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan. 
bundan ko‘zlangan maqsad ommaviy axborot vositalari tomonidan 
ehtirosga berilish oqibatida nojo‘ya axborot tarqatilishining oldini olish, 
ularga chek qo‘yishdir”.
qonunga ko‘ra, o‘zbekiston respublikasida ommaviy axborot 
vositalari erkin bo‘lib, qonunga muvofiq ishlaydi. o‘zbekiston respub-
likasi oliy majlisining 1997 yil 26 dekabrda “o‘zbekiston respublika-
sining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi yangidan qabul qilgan 
qonunida ommaviy axborot vositalari xodimlarining mustaqilligi, erkin-
ligi, respublika konstitutsiyasi va ushbu qonun asosida faoliyat yuritish-
lari mustahkamlab qo‘yilgan. 
ommaviy axborot vositalarining erkinligiga erishish asosida: 
– ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik fikri xilma-xilligi, in-
son e’tiqodlari va qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; 
– axborotni tsenzuradan, mafkuralashuvdan to‘liq xalos bo‘lishini 
nazarda tutgan holda aholi va jamiyatning xolis, ishonchli va xilma-xil 
axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; 
– aholini ommaviy axborot vositalari yordamida demokratlashti-
rishni chuqurlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarga, keng yoyilgan 
ma’naviyat va ma’rifat g‘oyalariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash 
jarayonlarini keng jalb qilish imkoniyati vujudga keladi. bu huquqiy 
davlat va fuqarolik jamiyati qurishda juda muhim bo‘lib, 
konstitutsiyaviy tuzumning mustahkam bo‘lishini ta’minlovchi 
vositalardandir.
o‘zbekiston respublikasining qonunlar majmui ommaviy axborot 
vositalarining huquqlari va erkinliklari kafolatlari bilan bir qatorda ular 
tomonidan tarqatilgan axborot uchun javobgarlikni ham belgilaydi. 
konstitutsiyaning 67-moddasida davlatimiz tarixida birinchi marta qayd 
qilinganidek, “...ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda 
javobgardirlar”. ommaviy axborot va muxbirlarning kasbini muhofazasi 
to‘g‘risidagi qonunlarda ham so‘z erkinligini suiiste’mol qilishga va 
tekshirilmagan axborotning tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida 
alohida ta’kidlangan.
qonunlarda belgilab qo‘yilganidek, noxolis yoki bila turib, yolg‘on 
xabar tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
xolislik o‘rniga noxolis yo‘l tutish, uydirma va bo‘xtonlarni 
tarqatish, haqiqatni soxtalashtirish, ig‘vo, fisq-fasod bilan shug‘ullanish 
ommaviy axborot vositalarining obro‘siga putur etkazadi, jurnalistlar 
sha’niga to‘g‘ri kelmaydi. keng jamoatchilik ishonchli va e’tiqodidan 
mahrum bo‘lish, el-yurt nazaridan qolish har bir inson, har qaysi 
jurnalist uchun juda katta yo‘qotish, juda katta fojia va baxtsizlikdir. 
jurnalist hamisha va har doim, har qanday vaziyatda ham yuz 
bergan voqea va hodisalarni aniq dalillar va manbalarga tayanib, 
hissiyotlarga berilmasdan, g‘arazgo‘ylik qilmasdan qanday bo‘lsa 
o‘shandayligicha sharhlab, izohlab, ommaga etkazishi kerak. shu joyda 
prezidentimizning quyidagi qimmatli fikrlarini keltirib o‘tishni 
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: “biz jurnalistning o‘z fikrini bayon 
etish, dalillarni qanday tushunsa, shundayligicha talqin qilish huquqiga 
hurmat bilan qaraymiz, lekin barcha uchun birdek qat’iy bir qoida 
mavjudki, jurnalist har qanday vaziyatda ham aniq dalillarga tayanishi 
lozim. yana bir bor aytaman: sizlar biron-bir voqeani turlicha talqin 
qilishingiz mumkin, biroq jurnalistning doimiy va o‘zgarmas qoidasiga 
rioya etishingiz shart, sizlar faqat dalillarga,dalillarga va yana bir bor 
dalillarga asoslanishingiz kerak”.
darhaqiqat, ommaviy axborot vositalari – gazetalar, jurnallar, 
radio-televideniyaning jamiyat a’zolariga ta’sir kuchi nihoyatda katta. 
ommaviy axborot vositalari bizning mamlakatimizda haqli ravishda 
“to‘rtinchi hokimiyat” deb ataladi. ommaviy axborot vositalarini 
“to‘rtinchi hokimiyat” deb atalishi to‘g‘ri ma’noda emas, balki ko‘chma 
ma’nodadir. “to‘rtinchi hokimiyat”, xuddi qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyati kabi, jamiyatning turli sohalari faoliyatini 
tahlil etadi, nazorat qiladi, ularni boshqarish va tashkiliy tomonlarini 
o‘rganadi. bu boradagi kamchiliklar va xatolarga ommani, hokimiyat 
tarmoqlarining diqqatini jalb etib, jamiyat taraqqiyotini tezlatishga
dolzarb masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etilishiga ko‘maklashadi, 
mamlakat rahbariyatiga ichki va boshqa siyosat, iqtisod va madaniyat-
ma’naviyat sohasida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun zamin tayyorlab, 
xalq ommasi fikri va harakatlariga ijobiy yo‘nalish beradi. shu yo‘l 
bilan aholi ommaviy axborot vositalari orqali davlatni boshqarishda 
qatnashadi va undan qo‘shimcha vosita sifatida foydalanadi. ayni 
vaqtda hokimiyat ham o‘z siyosatini tushuntirish, keng ommaga 
etkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanadi.

Download 33.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling