O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati


Download 29 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi29 Kb.
#1135527
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliy


O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati


O`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qo`ydi.
Jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan bu keng miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki qatlamlarigacha olib kirish albatta mamlakat aholisining ijtimoiy ongini va saviyasini, hayotga bo`lgan qarashlarini tubdan o`zgartirishni talab etardi. shubhasiz, bu mashaqqatli jarayonda ommaviy axborot vositalari eng muhim o`rinlardan birini egallaydi.
Aynan shu sababli ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlat rahbariyati tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish, ularning samarali ishlashiga ko`mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish borasida muayyan ishlar qilindi. shu sababdan, bu muammo o`zbekiston respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. «ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi 1997 yil 26 dekabr) "noshirlik faoliyati to`g`risida"gi (1996 yil, avgust), "mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi (1996 yil, sentabr), "axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida"gi (1997 yil, aprel), "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida"gi, (1997 yil, aprel ), "axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi (2002 yil, dekabr) qonunlar hamda o`zbekiston respub-likasi prezidentining " o`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi (1996 yil may) farmoni va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
Shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniye kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol topishiga keng ko`lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda.
«Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonunida ommaviy axborot vositalarining turlari ko`rsatilgan. ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, bulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.
Ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati katta. o’zbekistonda ham siyosiy hokimiyat va fuqarolar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog’lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan bir vosita ham ommaviy axborot vositalaridir. shu nuqtai nazardan olib qaralganda, unga to’rtinchi hokimiyat darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. hozirgi kunda oav nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni amalga oshirmoqda. o’zbekiston respublikasida konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan. xususan, o’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 29-moddasida “har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega” deyilgan. shuningdek o’zbekiston respublikasi “axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida ham “har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi” deyiladi. hozirda mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. o’zbekiston aholisining ko’p millatli ekanligi inobatga olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir necha tilda teleko’rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti. buning sababi jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta’sirchan vositasi – matbuot, radio, televideniye va internet bo’lib qolaveradi. shu bilan birgalikda demokratiya ustuvor bo’lgan davlatda oav jamoatchilik nazoratining asosiy sub’yektlaridan biriga aylanadi. mamlakatimizda ham qabul qilingan “jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonunida oav jamoatchilik nazoratining sub’yekti sifatida e’tirof etilgan. zamonaviy nazariy manbalarda qayd etilishi bo’yicha ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko’ra 5 ta asosiy turga ega. bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televideniye, axborot agentliklari, shuningdek, internet saytlari. bugun ko’pchilikning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelayotgan, to’g’rirog’i, ommaviy axborotning o’ziga xos vositasi sifatida namoyon bo’layotgan internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o’zaro ijtimoiy muloqotida ham oav muhim vosita sifatida yetakchi o’rin egallaydi. shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham oavda sog’lom dunyoqarash bilan uning foydalanuvchilariga aylanishlari lozim. sababi oav jamiyat hayotining turli-tuman yo’nalishlarida qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida xolis, tezkor va to’la-to’kis xabardor qiladi, fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hizmat qiladigan vositadir. ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin.
Demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligini, ular-ning faoliyat ko`rsatishi sharoit-larini ta'minlash bilan birga, bu erkinliklarning suiste'mol qilinishiga yo`l qo`yilmaydi. birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar yuqorida aytib o`tganimizdek, berilayotgan axborotning to`g`riligi uchun javobgardirlar. ikkinchidan, o`zbekiston respub-likasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da'vat qilish, urush va zo`ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan o`zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladigan xatti-harakatlar sodir qilishni targ`ib qilishga ruxsat berilmaydi. uchinchidan, fuqaro-larning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish ham taqiqlanadi. ushbu cheklashlar yana bir marotaba huquqiy davlatda so`z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi istalgan fikr yoki qarash ifoda etilishiga yo`l qo`yilmasligidan, lekin bu cheklashlar kichik va aniq bo`lishidan dalolat beradi. demokratik huquqiy davlatning mavjud bo`lishi, qo`lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni asta-sekinlik bilan bo`lsa ham asrab-ardoqlash uchun so`z erkinligi huquqining kichik bir qismini cheklash talab qilinadi. bu hol yuqorida ko`rib chiqqanimizdek, rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud.
Ma'lumki, axborotni birinchi navbatda jurnalistlar qidiradilar, oladilar va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadilar. shu sababdan, jurnalistlar faoliyatini ham ko`rib chiqish lozim. yuqorida aytib o`tganimizdek, "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida" qonun jurnalistning faoliyati bilan bog`liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
Jurnalist - o`zbekiston respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va ma'lum mavzudagi axborotni to`plash, tahlil etish hamda tarqatish bilan shug`ullanuvchi shaxsdir. qonunning 5-moddasida aytilishicha:
"jurnalist o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida:
-axborot to`plash, uni tahlil etish va tarqatish;
-axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish;
-davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalanish;
-jurnalist tekshiruvi o`tkazish;
-o`zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qo`yib tarqatish, ularda o`z fikr-mulohazasini ifodalash;
-jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo`lish;
-ma'lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish;
-sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo`lish;
-e'lon qilishga tayyorlangan ma'lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish;
-basharti qonunni buzishga olib keladigan bo`lsa, ommaviy axborot vositasi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish;
-o`zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan degan fikrga kelsa, unga imzo qo`ymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab etish;
-axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish;
-taqdim etgan xabarning mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e'lon qilishi oqibatida o`ziga yetkazilgan ma'naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali talab qilish;
-jamoat birlashmalariga, shu jumladan jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish huquqlariga ega.
jurnalist o`ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi."
6-moddada jurnalistning majburiyatlari quyidagicha bayon qilingan:
"o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida jurnalist:
-qonun hujjatlari hamda o`zbekiston respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga rioya etishi;
-o`zi tayyorlayotgan material-larining to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi;
-aybsizlik prezumpsiyasi prin-sipiga amal qilishi;
-shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
jurnalist o`z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli ma'lumotlarni e'lon qilishi mumkin emas.
jurnalist qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi shart."
Jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog`ida u konstitutsiyada belgilab qo`yilgan shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.
Tanqidiy materiallar e'lon qilganligi uchun, agar ular haqqoniy bo`lsa, jurnalistni ta'qib qilishga yo`l qo`yilmaydi.
Fuqarolar yoki boshqa axborot manbalari tomonidan ixtiyoriy ravishda ma'lum qilingan maxfiy xabar, shuningdek fakt yoki voqealar jurnalistika sohasining siri hisoblanadi.
Jurnalistning jurnalistika sohasining siri hisoblanadigan ma'lumotlarni bu ma'lumotlar manbaining roziligisiz oshkor etishi, shuningdek ulardan o`zining g`arazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko`zlab foydalanishi taqiqlanadi.
Jurnalist axborot to`plash va jurnalist tekshiruvi o`tkazish huquqiga ega. o`z tekshiruvlarining natijalarini u ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishi, ularni davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. jurnalist tekshiruvi davrida u qo`lga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo`yilishi yoki ko`zdan kechirilishi mumkin emas.
Jurnalistning kasbiga doir faoliyati qonunning 10-moddasida shunday kafolatlangan:
"jurnalistning huquqlari, sha'ni va qadr-qimmati qonun bilan qo`riqlanadi.
davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishda uning himoya qilinishini ta'minlaydi.
Jurnalistning jurnalistik faoliyatiga aralashish, undan o`z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog`ida olgan biror bir ma'lumotni talab etish taqiqlanadi."
Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari:
-senzura qilganlik;
-jurnalist o`z kasbiga doir qonuniy faoliyatni amalga oshirishiga akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo`rin bekor qilish yo`li bilan to`sqinlik qilganlik;
-jurnalistning so`rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzganlik;
-jurnalistga tazyiq o`tkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik;
-jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yganlik;
Axborot manbaini yoki muallif nomini uning roziligisiz oshkor etganlik uchun javobgarlikka tortiladilar.
Jurnalistning ushbu qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning kasbiga doir faoliyati bilan bog`liq holda sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.
Jurnalistning javobgarligi qonunda shunday ta'riflangan:
"jurnalist o`zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo`lishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.
Jurnalist rasmiy xabarlarda bayon etilgan axborotni tarqatganlik uchun javobgar bo`lmaydi."
Yurtimizda ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlashga, jurnalistlar faoliyatini har tomonlama rag`batlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. shu maqsadda 1997 yilda ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo`llab-quvvatlash fondi tashkil etilgandi. jurnalistlar huquqlariga doir qonunlar qatorida o`zbekiston respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslari, ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks va boshqa normativ-huquqiy huj-jatlarni keltirish mumkin.
Ularda qonun va huquq nuqtai nazaridan ommaviy axborot vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog`liq jinoiy harakatlar va huquqbuzarliklar uchun aniq javobgarliklar belgilangan, zero "inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini himoya qilish to`g`risida"gi yevropa konvensiyasining 10-moddasida aytilganidek "so`z va matbuot erkinligi demokratik jamiyatda milliy xavfsizlik, ijtimoiy osoyishtalik manfaatlari yo`lida, tartibsizliklarning oldini olish, axloqni himoya qilish, boshqa shaxslarning obro`-e'tibori va huquqlarini himoya qilish yoxud odil sudlovni ta'minlash maqsadlarida majburiyat va javobgarlik yuklash imkoniyatini keltirib chiqaradi." chop etilgan axborotning xolisligi va ishonchliligi prinsipi buzilgan taqdirda, uni buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
O`zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo`l qo`yilmaydi. e'lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishi, shuningdek, ularning matni o`zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo`q. senzura, oddiy qilib aytganda, bu muayyan axborot berilishiga (nashr qilinishiga) to`sqinlik qilish, unga nisbatan ta'qib va cheklov o`rnatishdir. so`z erkinligi fikr bildirish erkinligini har qanday cheklash demokratiyaga xilofdir. va aksincha, senzuraning olib tashlanganligi jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari orqali istagan xabar, ma'lumot va materialni e'lon qilaveradi degan gap emas, albatta. masalan, «jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to`g`risida»gi qonunning 5-moddasiga muvofiq jurnalist o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish huquqiga ega.
Ommaviy axborot vositalari «davlat sirlarini saqlash to`g`risida»gi qonun1[16] bilan taqiqlangan hamda vazirlar mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlangan davlat sirlari hisoblangan obyektlar ro`yxatidan tashqari masalalar xususida erkin tarzda xabarlar e'lon qilishi mumkin. qonunga binoan, davlat tomonidan qo`riqlanadigan va maxsus ro`yxatlar bilan chegaralab qo`yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va o`zga xil ma'lumotlar o`zbekiston respublikasining davlat sirlari hisoblanadi (1-modda).
Ommaviy axborot vositalaridan mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, respublika hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da'vat qilish, davlat sirini oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladigan boshqa hatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.
Qonunda yana bir muhim jihat borki, u ham bo`lsa, jurnalist yoki ommaviy axborot vositasi prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e'lon qilishi, muayyan ish bo`yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning hal qiluv qarori yohud hukmi qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini tahmin qilishi yoki sudga o`zgacha yo`l bilan ta'sir ko`rsatishi taqiqlanadi.
Mazkur taqiq fuqarolarning aybsizlik prezumsiyasi prinsipi buzilmasligi uchun belgilangandir. zero, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan (gumon kilinayotgan) hech bir shaxsning ishi sudda ko`rilib, uning aybi isbotlanmagunicha u aybdor hisoblanmaydi. shu bois, sud qarori yoki hukmi chiqmaguncha jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari ish bo`yicha oldindan xulosa chiqarishlari, shaxsning hatti-harakatlariga baho berishlari joiz emas. aks holda, shaxsning sha'ni va obro`si asossiz zavol topib qolishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari to`g`risidagi qonun talablarini buzishda aybdor deb topilgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar. muharrir yoki jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan materiallarni tarqatganligi uchun, agar ma'lumotlar: rasmiy xabarlardan olingan bo`lsa; axborot agentliklari yoki davlat organlarining matbuot xizmatlari orqali olingan bo`lsa yoxud muallifning oldindan yozib olinmay, to`g`ridan-to`g`ri efirga berilayotgan nutqlarida aytilgan bo`lsa, javobgar bo`lmaydi.
Demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari «to`rtinchi hokimiyat», deb ta'riflanadi. bu «hokimiyat»ni ro`yobga chiqarishda jurnalist, uning kasb mahorati, umumiy saviyasi va madaniyati katta rol o`ynaydi. jurnalistlik faoliyatining davlat darajasida muhofazalanishi, jurnalistning huquq va majburiyatlari tartibga solinishi «to`rtinchi hokimiyat» uchun mustahkam zamindir.
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilganlik, uning so`rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq o`tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yish mumkin emas. jurnalist sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.
O`zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning axborot olish huquqi maxsus qonunlar bilan ham mustahkamlab qo`yilgan. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan o`zbekiston respublikasining «axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida»gi qonuni bevosita ushbu huquqni amalga oshirish bilan bog`liq masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va qabul qilingan. ushbu qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosbatlarni tartibga soladi.
Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o`zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga dahldor bo`lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo`li bilan ta'minlanadi2[17].
Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirlardan iborat axborotni berishi mumkin emas. davlat organlarining, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi hatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
O`zbekiston respublikasi prezidenti i.karimovning 2005 yil 28 yanvardagi oliy majlis qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisida nutqida beshta ustuvor vazifalaridan biri etib, “ o`zbekistonda demokratik jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g`oyat muhim sharti- bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo`yicha aniq choralarni amalga oshirishdir” etib belgilandi. ommaviy axborot vositalarini jamiyatdagi o`rni yanada oshirish, ularni iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash muhim vazifalardandir.
O`zbekiston respublikasi oliy kengashining axborotnomasi, 1993 yil 5-son, 232-modda.
Demokratik jamiyat taraqqiyotini ommaviy axborot vositalaridan ayricha holda tasavvur etib bo‘lmaydi. demokratik jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlarini, inonparvarlik mazmun-mohiyatini, rivojlanish qonuniyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, siyosiy asoslarini omma ongiga etkazish va targ‘ib-tashviqot etishda matbuot, radio va televideniyaning, barcha axborot vositalarining tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. 
Mamlakatimiz xalqlari, millatlari va har qaysi fuqaroning islohotlarni amalga oshirish va hayotga joriy etishdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, bilim saviyasi, madaniyatini-ma’naviyatini o‘stirish,onggi, tafakkuri, dunyoqarashi, intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida ommaviy axborot vositalari nechog‘lik ahamiyat kasb etayotganligini har birimiz o‘zimizning ijtimoiy va shaxsiy hayotimiz misolida 
aniq-ravshan ko‘rib-bilib, chuqur his etib turibmiz.
Hozirgi paytda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik jamoatchilik fikrining holatiga etarli darajada bog‘liq bo‘lib turibdi. jamoatchilik fikri shakllanishida ommaviy axborot vositalariga keng o‘rin beriladi. “ommaviy axborot vositalari mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga turlicha qarashlarda erkin va holis vositachi bo‘lishi va muhimi, inson hamda jamiyat manfaatlarining faol va izchil himoyachisi bo‘lishi 
uchun professional jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tayyorlash jarayonini qayta ko‘rib chiqish, axborot olish, tahlil qilish, ishlash va etkazishning zamonaviy usullarini va vositalarini o‘zlashtirishda ularga yordam berish zarur”.
ommaviy axborot vositalari orqali insonlar siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotda hamda dunyo hamjihatligi, davlatlararo munosabatlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan voqif bo‘ladi, uni idrok etadi, ularga o‘z munosabatini bildiradi. 
ijtimoiy-siyosiy hayotimizda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli oshib bormoqda. bugungi taraqqiyotimizni, hayot tarzimizni, barqaror inson tarbiyasini, shaxsning g‘oyaviy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va aqliy axloqiy kamolotini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur etolmaymiz. davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan o‘zbekiston respublikasi uchun ommaviy axborot vositalarining faoliyatini va ularning 
samarali ishlashiga yordam beradigan mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish, huquqiy asosini yaratish muammosi dolzarbdir.
asosiy qonunimizning o‘n beshinchi bobi “ommaviy axborot vositalari” deb atalishida juda katta ma’no-mazmun bor. bu bob mazmunan chuqur bo‘lgan bittagina moddadan iborat. ya’ni “ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilangan (67-modda). “mazkur qoidaning asosiy qonun darajasida mustahkamlanganligi, birinchidan, fuqarolarning o‘z fikrlarini erkin tarzda matbuotda
radio, televidenie orqali yozma yoki og‘zaki chiqishlarda ifodalash huquqini kafolatlasa, ikkinchidan, ommaviy axborot vositalariga berilgan benazir ahamiyat, yuksak e’tibordir. ushbu konstitutsiyaviy bitikda uchta muhim prinsip: ommaviy axborot vositalarining erkinligi, ular faoliyatida qonun ustuvorligi hamda tsenzura qilishga yo‘l qo‘ymaslik o‘z ifodasini topgan. ayni vaqtda axborotning haqqoniyligi uchun 
mas’uliyat yuklanib, yuridik javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad ommaviy axborot vositalari tomonidan ehtirosga berilish oqibatida nojo‘ya axborot tarqatilishining oldini olish, ularga chek qo‘yishdir”.
qonunga ko‘ra, o‘zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lib, qonunga muvofiq ishlaydi. o‘zbekiston respublikasi oliy majlisining 1997 yil 26 dekabrda “o‘zbekiston respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi yangidan qabul qilgan qonunida ommaviy axborot vositalari xodimlarining mustaqilligi, erkinligi, respublika konstitutsiyasi va ushbu qonun asosida faoliyat yuritishlari mustahkamlab qo‘yilgan. Ommaviy axborot vositalarining erkinligiga erishish asosida: 
– ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik fikri xilma-xilligi, inson e’tiqodlari va qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; 
– axborotni tsenzuradan, mafkuralashuvdan to‘liq xalos bo‘lishini nazarda tutgan holda aholi va jamiyatning xolis, ishonchli va xilma-xil axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; 
– aholini ommaviy axborot vositalari yordamida demokratlashtirishni chuqurlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarga, keng yoyilgan ma’naviyat va ma’rifat g‘oyalariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash jarayonlarini keng jalb qilish imkoniyati vujudga keladi. bu huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda juda muhim bo‘lib, konstitutsiyaviy tuzumning mustahkam bo‘lishini ta’minlovchi vositalardandir.
O‘zbekiston respublikasining qonunlar majmui ommaviy axborot vositalarining huquqlari va erkinliklari kafolatlari bilan bir qatorda ular tomonidan tarqatilgan axborot uchun javobgarlikni ham belgilaydi. konstitutsiyaning 67-moddasida davlatimiz tarixida birinchi marta qayd qilinganidek, “...ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar”. ommaviy axborot va muxbirlarning kasbini muhofazasi 
to‘g‘risidagi qonunlarda ham so‘z erkinligini suiiste’mol qilishga va tekshirilmagan axborotning tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida alohida ta’kidlangan. Qonunlarda belgilab qo‘yilganidek, noxolis yoki bila turib, yolg‘on xabar tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Xolislik o‘rniga noxolis yo‘l tutish, uydirma va bo‘xtonlarni
tarqatish, haqiqatni soxtalashtirish, ig‘vo, fisq-fasod bilan shug‘ullanish ommaviy axborot vositalarining obro‘siga putur etkazadi, jurnalistlar sha’niga to‘g‘ri kelmaydi. keng jamoatchilik ishonchli va e’tiqodidan mahrum bo‘lish, el-yurt nazaridan qolish har bir inson, har qaysi jurnalist uchun juda katta yo‘qotish, juda katta fojia va baxtsizlikdir. Jurnalist hamisha va har doim, har qanday vaziyatda ham yuz
bergan voqea va hodisalarni aniq dalillar va manbalarga tayanib, hissiyotlarga berilmasdan, g‘arazgo‘ylik qilmasdan qanday bo‘lsa o‘shandayligicha sharhlab, izohlab, ommaga etkazishi kerak. shu joyda prezidentimizning quyidagi qimmatli fikrlarini keltirib o‘tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: “biz jurnalistning o‘z fikrini bayon etish, dalillarni qanday tushunsa, shundayligicha talqin qilish huquqiga 
hurmat bilan qaraymiz, lekin barcha uchun birdek qat’iy bir qoida 
mavjudki, jurnalist har qanday vaziyatda ham aniq dalillarga tayanishi lozim. yana bir bor aytaman: sizlar biron-bir voqeani turlicha talqin qilishingiz mumkin, biroq jurnalistning doimiy va o‘zgarmas qoidasiga rioya etishingiz shart, sizlar faqat dalillarga,dalillarga va yana bir bor dalillarga asoslanishingiz kerak”.darhaqiqat, ommaviy axborot vositalari – gazetalar, jurnallar, radio-televideniyaning jamiyat a’zolariga ta’sir kuchi nihoyatda katta. ommaviy axborot vositalari bizning mamlakatimizda haqli ravishda “to‘rtinchi hokimiyat” deb ataladi. ommaviy axborot vositalarini “to‘rtinchi hokimiyat” deb atalishi to‘g‘ri ma’noda emas, balki ko‘chma 
ma’nodadir. “to‘rtinchi hokimiyat”, xuddi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati kabi, jamiyatning turli sohalari faoliyatini tahlil etadi, nazorat qiladi, ularni boshqarish va tashkiliy tomonlarini o‘rganadi. bu boradagi kamchiliklar va xatolarga ommani, hokimiyat tarmoqlarining diqqatini jalb etib, jamiyat taraqqiyotini tezlatishga, dolzarb masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etilishiga ko‘maklashadi, 
mamlakat rahbariyatiga ichki va boshqa siyosat, iqtisod va madaniyatma’naviyat sohasida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun zamin tayyorlab, xalq ommasi fikri va harakatlariga ijobiy yo‘nalish beradi. shu yo‘l bilan aholi ommaviy axborot vositalari orqali davlatni boshqarishda qatnashadi va undan qo‘shimcha vosita sifatida foydalanadi. ayni vaqtda hokimiyat ham o‘z siyosatini tushuntirish, keng ommaga 
etkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanadi.

Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling