Oʼzbekiston Respublikasida Parlamentning shakllanishi va rivojlanishi


Download 51.52 Kb.
bet1/8
Sana06.02.2023
Hajmi51.52 Kb.
#1169447
  1   2   3   4   5   6   7   8


Oʼzbekiston Respublikasida Parlamentning
shakllanishi va rivojlanishi (1990-1994 yy)
Reja:

  1. Kirish ..............................................................................................................3

  2. Oʼzbekiston Respublikasida Parlamentning shakllanishi va rivojlanishi…...4

  3. Birinchi davr: 1991-1994 yillar………………………………………………5

  4. Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar...................................................................6-8

  5. Uchinchi davr. (2005-2022)…………………………………………...…9-14

  6. Xulosa………………………………………………………………………15

  7. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….……16



Kirish
Huquqiy davlatchilikni shakllantirish koʼplab muammolarni bartaraf etish bilan bogʼliq boʼlgan murakkab va davomli jarayondir. Parlamentarizm printsiplari asosida faoliyat koʼrsatuvchi davlat institutlari bilan bogʼliq masalalar Oʼzbekistonda huquqiy davlatchilikning qaror topishiga taalluqli muammolar silsilasida muhim oʼrin tutadi. Chunki XXI asrning boshlariga kelib oddiy bir haqiqat - toʼla vakolatga ega boʼlgan parlamentsiz mamlakatda toʼlaqonli demokratiya boʼlishi mumkin emasligi yaqqol koʼzga tashlanib qoldi. Binobarin, fuqarolar demokratiya toʼgʼrisidagi tasavvurlarini avvalo davlatni idora etishda oʼzlari ishtirok etishlarining real imkoniyati bilan, qolaversa parlament orqali qonun ijodkorligi jarayoniga taʼsir koʼrsata olish imkoniyatlari bilan bogʼlaydilar.
Parlament tarixi asrlar bilan oʼlchanadi.1 Zamonlar oʼzgarishi bilan parlamentlarning roli ham izchil oʼzgarib, uning mohiyati yangi gʼoyalar, tamoyillar bilan, shakllanish va faoliyat koʼrsatish tajribasi bilan boyib bormoqda. Parlamentarizm gʼoyasi birinchi ming yillik boʼsagʼasida Rimda, Аngliya va Ispaniyada xalq majlislari shaklida yuzaga kelgan boʼlib, shundan soʼng davlat anjumani darajasiga koʼtarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan oʼtdi.
Shu zaylda parlament davlat instituti sifatida uzoq tarixni bosib oʼtdi. Parlamentarizm taraqqiyotining bosh tendentsiyasi shundan iboratki, parlamentlar ijtimoiy turmushda markaziy oʼrin tutadi. Tabiiyki, har bir davlat parlamentning tuzilishi va faoliyat koʼrsatish masalalarini oʼzicha hal etadi. Lekin bu keng amaliyotida hisobga olinadigan mushtarak belgilar boʼlishi mumkin emas, degan maʼnoni anglatmaydi, albatta. Shu munosabat bilan parlament institutlari qaror topishi va rivojlanish tajribasi oʼrganilishini taʼminlash, tarixdagi ularning ahamiyatini, oʼrnini anglash, ular tabiatining hozirgi paytdagi tadrijiy garaqqiyoti va mohiyatini tushunib yetish, kelgusida uni rivojlantirish istiqbollarini belgilab olish juda muhimdir.


Download 51.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling