Oʼzbekiston Respublikasida Parlamentning shakllanishi va rivojlanishi


Download 51.52 Kb.
bet3/8
Sana06.02.2023
Hajmi51.52 Kb.
#1169447
1   2   3   4   5   6   7   8
Birinchi davr: 1991-1994 yillar
Oʼtish davri parlamenti deb atash mumkin boʼlgan oxirgi chaqiriq Oliy Kengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan «Oʼzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʼgʼrisida»gi, «Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʼgʼrisida»gi,3 «Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʼgʼrisida»gi, «Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʼgʼrisida»gi, «Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi, «Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʼgʼrisida»gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi.
Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) boʼlib oʼtgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov koʼp partiyaviylik asosida oʼtkazildi.


Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar
Oliy Kengash oʼrniga Oʼzbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti — Oliy Majlis shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) Oliy Majlis tarkibida Oʼzbekiston Xalq-demokratik partiyasidan koʼrsatilgan 69 nafar, «Аdolat» sotsial-demokratik partiyasidan 47, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 14 va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan koʼrsatilgan 7 nafar deputat boʼlib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan koʼrsatilgan shaxslar tashkil etdi.4
Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) Oliy Majlisga saylov hokimiyat vakillik organlari bilan bir katorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor guruhlari ishtirokida boʼlib oʼtdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisda 11 nafar deputatni birlashtirgan «Аdolat» sotsial-demokratik partiyasi fraktsiyasi, 10 nafar deputatdan iborat «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraktsiyasi, 20 nafar deputatga ega boʼlgan «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraktsiyasi, 34 nafar deputat tashkil etgan Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi fraktsiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq-demokratik partiyasi fraktsiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki roʼyxatga olindi. Keyinchalik «Vatan taraqqiyoti» va «Fidokorlar» partiyalari bitta «Fidokorlar» partiyasiga birlashganligi munosabati bilan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida ularning parlamentdagi fraktsiyalari aʼzolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan bitta fraktsiyani tashkil etdilar.
Qonunchilik palatasi deputatlari siyosiy, professional va boshqa asosda fraktsiyalar va deputatlar guruhlari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin.Fraktsiya siyosiy partiyadan koʼrsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʼyxatdan oʼtkazilgan deputatlar birlashmasidir.
Deputatlar guruhlarini Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan, siyosiy partiyadan koʼrsatilmagan deputatlar tuzishga haqli.Qonunchilik palatasi deputatining fraktsiyaga yoki deputatlar guruhiga kirishi toʼgʼrisidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi.Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraktsiya yoki deputatlar guruhining aʼzosi boʼlishi mumkin.Siyosiy partiyadan koʼrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraktsiyasining aʼzosi boʼlishi mumkin.Deputatlar birlashmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
Qonunchilik palatasining kamida toʼqqiz nafar deputati fraktsiya yoki deputatlar guruhini tuzish huquqiga ega.Fraktsiyalar va deputatlar guruhlari roʼyxatdan oʼtishi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida fraktsiya va deputatlar guruhining rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraktsiya yoki deputatlar guruhi tuzilgani haqida palataga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.Qonunchilik palatasi fraktsiya va deputatlar guruhi tuzilgani toʼgʼrisida qaror qabul qiladi.

Download 51.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling