Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis tarkibida siyosiy partiyalarning fraktsiyalari va deputatlar bloklaridan tashqari quyidagi 13 ta qoʼmita ham faoliyat koʼrsatdi:
Parlamentda, shuningdek 3 ta doimiy komissiya ishlagan: Reglament, odob va deputatlar faoliyatining taʼminoti komissiyasi; Oila va ayollar muammolari komissiyasi; Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi. Mazkur bosqichda qonun ijodkorligi deputatlar ishining bosh yoʼnalishiga aylandi. 1995-2004 yillarda Oliy Majlis 240 ta qonun, 778 ta qaror qabul qildi, amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta oʼzgartish va qoʼshimcha kiritdi.
Mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organi mazkur bosqichda davlat suverenitetini, fuqarolar tinchligi va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga, jamiyatda demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga koʼmaklashadigan qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishga intildi. Natijada parlament mamlakatning demokratik va taraqqiyot yoʼlidan mustaqil rivojlanib borishining huquqiy negizini anchagina kengaytirdi va mustahkamladi. Misol uchun, birinchi chaqiriq Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Siyosiy partiyalar toʼgʼrisida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari toʼgʼrisida»gi5, «Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) toʼgʼrisida»gi, «Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari toʼgʼrisida»gi qonunlarda, boshqa qonun hujjatlarida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asos solingan normalar yanada rivojlantirildi.
Parlament nazorati ham Oliy Majlis faoliyatining asosiy yoʼnalishlaridan biri boʼldi. Oliy Majlis qoʼmitalari va komissiyalari qonunlar, konventsiyalar, milliy dasturlar ijrosini nazorat qilish tartibida har yili 60 ga yaqin masalani koʼrib chiqdilar. Bunday nazorat Qoraqalpogʼiston Respublikasi, mamlakatning barcha viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrini qamrab oldi. Bir palatali Oliy Majlisning nazorat faoliyatini tahlil etish bir qator qonuniyatlarni namoyon etdi. Birinchidan, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini va huquqni tatbiq etish amaliyotini hisobga olgan holda muqaddam qabul qilingan qonunlarni takomillashtirish tamoyili yil sayin kuchaya bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |