O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar Reja: Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi


Download 4.63 Mb.
bet1/5
Sana27.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1727711
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10. Ta`lim rivoji va islohotlar

O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar

Reja:

1. Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi.

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.

3. Oliy ta`limda amalga oshirilgan islohotlar

4. Yangi O`zbekistonda ta`lim islohotlari

Fan o`qituvchisi: Salomov Ismoil


O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu dasturulamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq belgilab berildi.
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4-sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (5–9-sinf);
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11-sinf);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr– “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi. 1997-yildan boshlab 1-oktabr “O`qituvchi va murabbiylar kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda.
1991—1996-yillarda e’lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari
va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda „ bolalar bog‘chasi-maktab“ majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet el tillarini, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi.
Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari
tarmog‘i rivojlantirildi.
Toshkent, Samarqand, Urganch, To‘rtko‘l, Andijon bank
kollejlari, Toshkent ayollar kolleji tashkil etildi.
1992—1996-yillarda 238 litsey va 136
gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi.
„Sog‘lom avlod uchun“, „Iqtisodiy ta’lim“, „Qishloq maktabi“, „Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash“ va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi.

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling