O’zbekiston respublikasida ta’lim tizimi
Download 125.4 Kb.
|
TA\'LIM MAZMUNI U.DILRABO (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI : USMANOVA D.SH
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta'lim fakulteti II bosqich sirtqi ta'lim 201-guruh talabasi Usmanova Dilraboning 2022-2023 o'quv yilida "Uzluksiz ta'lim pedagogikasi (pedagogika nazariyasi)" fanidan tayyorlaganMUSTAQIL ISHIMAVZU: TA’LIM MAZMUNIBAJARDI : USMANOVA D.SHTEKSHIRDI : HOJIYEVA Z.KReja:
Ta’lim mazmuni deganda o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko‘lami tushiniladi. Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi. Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma’naviy rivojlanishi darajasiga qo‘yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir. Zamonaviy didaktika g‘oyalariga ko‘ra ta’lim mazmunining tarkibida quyidagilar o‘z aksini topadi:
Ta’lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat bo‘ladi: - fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi; - ta’limning maqsad va vazifalari; - o‘quvchilarning yoshi xususiyatlari; - o‘quvchi shaxsining ehtiyojlari. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mazmuni o‘quvchilarda atrof-muhit haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o‘zlarining amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni izlashg va bu bilimlarni hayotiy muammolarni hal etishda qo‘llashga o‘rgatishi kerak. Ta’lim mazmuni o‘quv rejalari, o‘quv dasturlarida, darsliklarda aks ettiriladi 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtishrishga kirishildi. Bunday sharoitlarda ta’lim, yangi demokratik davlat barpo etish, madaniy va ma’naviy tiklanish, demokratik jamiyat va bozor munosbaatlari shakllanishi, milliy fan va texnikaning rivojlanishini dunyo standartlari talablari darajasiga ko‘tarishning asosi bo‘lib qolishi kerak. Ta’lim mazmunida quyidagi ikki jihat ko‘zga tashlanadi: milliylik va umuminsoniylik. Hozirgi sharoitda o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ta’lim mazmuni (o‘quv rejalari)ni ishlab chiqishda ta’lim mazmunida quyidagi g‘oyalar yetakchi o‘rin tutadi: 1) insoniylashtirish; 2) insonparvarlashtirish; 3) integratsiyalashtirish; 4) standartlashtirish; 5) ko‘p bosqichlilikka asoslanish; 6) amaliylashtirish; 7) axborotlashtirish; 8) individuallashtirish; 9) uzluksizlik. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. O‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari uning tarkibiy qismiga kiradi. “Standart” ingliz tilidan tarjima qilinganda “me’yor”, “namuna”, “andoza”, “model” ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 125.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling