O’zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari
Download 86.44 Kb.
|
tarbiya amaliy 1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
Birinchidan Barchamizga ayonki, ayrim umumta'lim maktablarida o‘quvchilar soni 40-50 nafarni tashkil etadi. Ushbu jarayonni tartibga solish maqsadida, sinfda o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi, dars jarayonida o‘quvchilar bilimini nazorat etishga va sanitariya normalariga amal qilinishiga sharoit yaratildi. Bu esa o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlariga imkon yaratadi.
Ikkinchidan Maktab yoshidagi bolalarning ota-onalariga yengillik yaratish maqsadida, 203-sonli Nizomda Bolalarni umumta'lim maktabiga qabul qilish tibbiy-psixologiya-pedagogika komissiyasining tavsiyanomalari bo‘yicha 6-7 yoshdan amalga oshirilgan bo‘lsa, mazkur yangi tahrirdagi Nizomda umumta'lim muassasalarining birinchi sinfiga har yili 31 avgustga qadar (shu kuni ham) 6,5 yoshga to‘ladigan barcha bolalar tibbiy-psixologiya-pedagogika komissiyasining tavsiyanomalarisiz faqatgina tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinishi belgilab berildi. Qabul qilinayotgan o‘quvchilar umumta'lim muassasasining birinchi sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat'i nazar, tanlovlarsiz qabul qilinadi. Agarda, tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,-5-yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta'lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. Uchinchidan ota-onalarni sarsongarchilik va turli qog‘ozbozlikni oldini olish maqsadida, maktabda birinchi sinfga qabul qilish uchun ota-onalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning yagona shakli ishlab chiqilib, hujjatlarning aniq ro‘yxati tasdiqlandi. To‘rtinchidan maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga to‘liq qamrab olish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida, tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan maktablarga mikrohududlar biriktirilishi hamda hudud doirasida pedagog xodimlar tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy yurib) ro‘yxatga olish tartibi belgilab berildi. Umumta'lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta'lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas'ul hisoblanadilar. Download 86.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling