O’zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari
Download 86.44 Kb.
|
tarbiya amaliy 1 mavzu
maqsad: loyihada kasb-hunar ta'limi tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan yangi tahrirdagi kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash, uni tajribasinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish belgilanadi);
“Ta'lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish (maqsad: ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari; nodavlat ta'lim xizmatlarini tashkil etish va faoliyatni litsenziyalash; ta'lim tizimida davlatxususiy sherikchilikning asosiy qoidalari va yo‘nalishlari; ta'lim tizimida ma'naviyma'rifiy ishlar tizimini takomillashtirish; ta'lim jarayonini zamonaviylashtirishga oid boshqa qoidalar belgilanadi); Yoshlarni kasbga tayyorlash maqsadida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish (maqsad: umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga beriladigan kasblar bo‘yicha zamonaviy malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash; o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan 489 ta sinflarni jihozlash nazarda tutiladi Umumiy o‘rta ta'lim maktablari rahbar va o‘qituvchilarining ish vaqti me'yorlarini qayta ko‘rib chiqish asosida ortiqcha hisobotlarni kamaytirish, ta'limni boshqarish organlari va rahbarlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilmagan hisobotlar va qo‘shimcha ma'lumotlarni talab qilishga barham berish (maqsad: o‘qituvchilar ish vaqti me'yorlarini belgilashga oid amaldagi hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish asosida ortiqcha qog‘ozbozlik va hisobotbozlikka chek qo‘yish; o‘qituvchilarning o‘z ustida ijodiy ishlashi hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish uchun shart-sharoit nazarda tutiladi); Respublikadagi 335 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabining moddiytexnika bazasini mustahkamlash hamda maktablarni mebel, o‘quvlaboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta'minlash (maqsad: loyiha bilan manzilli dastur tasdiqlanib, qurilish, ta'mirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi). Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida tegishli me'yoriy-huquqiy asoslar yaratiladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, hozirgi kunda zamonaviy ta'lim muassasa rahbari bu o‘zgarishlar va islohotlar bilan xamnafas bo‘lishi, yangiliklardan tezkor xabardor va bu islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoadagilarni o‘z vaqtida xabardor qilishi talab etiladi. Download 86.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling