O‘zbekiston Respublikasida tarix fani sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi


Download 50.61 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi50.61 Kb.
#1163980
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix fani


O‘zbekiston Respublikasida tarix fani sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ID-31751
O‘zbekiston Respublikasida tarix fani sohasini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasida tarix fani sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi sohaning joriy holatiga tanqidiy-tahliliy baho berish, muammolarni aniqlash, uning umuman ilm-fanni rivojlantirish, shuningdek ta’lim-ta’rbiya tizimi, axborot makoni bilan uzviy bog‘liqligini samarali yo‘lga qo‘yish talablaridan kelib chiqqan, ilg‘or milliy va jahon tajribasini inobatga olgan holda, bosh maqsadi, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishdan iboratdir.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida tarix fanini rivojlantirishga oid dasturlar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
2-bob. Tarix fani sohasining joriy holati va muammolari
Tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonda davlat va jamiyat turmushining barcha yo‘nalishlarida bo‘lgani kabi, umuman ilm-fan, xususan, tarix fani sohasida ham milliy yuksalish talablari hamda xalqaro miqyosda kechayotgan jarayonlarga mutanosib ravishda tub va keng qamrovli o‘zgarishlarga katta ehtiyoj bor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2019 yil may oyida O‘zbekiston Milliy universitetida olimlar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvidagi topshirig‘i asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 8 iyunda qabul qilingan 366-qarorga ko‘ra Fanlar akademiyasi ilmiy tuzilmalarini davlat byudjetidan moliyalashtirish belgilandi. SHu bilan birga, davlat ilmiy dasturlari doirasida ilmiy loyihalarni moliyalashtirish tizimi ham saqlanib qoldi. SHuningdek, davlat rahbarining ko‘rsatmasiga binoan 2020 yildan fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktorlari uchun 30 foizdan 60 foizgacha qo‘shimcha ustama haq to‘lash tartibi joriy qilindi. Natijada, o‘ta qisqa muddatda ilmiy xodimlar uchun moliyaviy ahvolni tubdan va bir necha martaga yaxshilash sharoiti yaratildi.
Tarix fani bo‘yicha ilmiy izlanishlar Fanlar akademiyasi tizimidagi Tarix instituti, SHarqshunoslik instituti, Milliy arxeologiya markazi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Qoraqalpoq bo‘limi ijtimoiy fanlar instituti, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar davri tarixi davlat muzeyida, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamda oliy ta’lim muassasalarida olib borilmoqda.
Ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari qoshida Ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengashlardan 7 tasi fan doktori, 10 tasi falsafa doktori ilmiy darajasi berishga ixtisoslashgan.
2012 yili ilmiy kadrlar tayyorlashning bir tizimli bosqichiga o‘tilishi munosabati bilan 2016 yilgacha tarix ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajali mutaxasisslar tayyorlashda uzilish bo‘lgan. Bu o‘z navbatida milliy tarixchi-olimlarni tayyorlash sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. 2017 yildan fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajali ilmiy xodimlarni tayyorlash qayta tiklangach, 2017-2020 yillarda 07.00.00 – Tarix fani ixtisosliklari bo‘yicha 32 fan doktori va 145 nafar falsafa doktori tayyorlandi.
20 ta oliy ta’lim muassasasida tarix fani bo‘yicha bakalavr va magistr mutaxassislari tayyorlanmoqda, 36 ta Tarix kafedrasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Oliy ta’lim tizimida umumhisobda 684 ta tarixchi professor-o‘qituvchi bor.
2017-2020 o‘quv yillarida 4983 kishi tarix mutaxassisligini bitirgan, ulardan 356 tasi – magistr.
Umumta’lim maktablarida tarix fani 5-sinfdan boshlab o‘qitiladi. 5-9 sinflarda O‘zbekiston tarixi uchun 68 soat, jahon tarixi uchun 34 soat ajratilgan. 10-11 sinflarda esa O‘zbekiston va jahon tarixi uchun 34 soatdan ajratilgan.
Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida O‘zbekiston tarixi yiliga 72 soatdan, jahon tarixi esa 1-bosqichda 72 soat, 2-bosqichda 36 soat o‘qitilishi belgilangan.
Tarix yo‘nalishida bir qator doimiy ilmiy nashrlar (“O‘zbekiston tarixi”, “Sharqshunoslik”, “Meros”, “Moziydan sado”, “O‘zbekiston arxeologiyasi”, “O‘zbekiston moddiy madaniyati tarixi”, “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar”, “O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari” va boshqalar) yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi qarori bilan “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining tashkil etilishi Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o‘rganish, ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va o‘z xalqi bilan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish asosida milliy o‘zlikni anglash hissini mustahkamlash va vatandoshlarimiz dunyoqarashini kengaytirish ishi qanchalar muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Mana shunday ko‘lam va son jihatidan imkonlar bo‘lishiga qaramay, uzoq yillar butunlay siyosiylashgan va mafkuralashgan sovet davrini boshdan kechirgan tarix fani sohasida mustaqillik yillarida ham har tomonlama asoslangan, fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlariga javob beradigan, ichki va tashqi xavf-xatarlarning oldini olishga qodir samarali tizim yaratilgani yo‘q. Oqibatda,

Download 50.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling