O‘zbekiston Respublikasida tarix fani sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi


Download 50.61 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi50.61 Kb.
#1163980
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix fani

birinchidan, sohaning aniq maqsad va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari hamda rivojlanish bosqichlari belgilab qo‘yilmadi, o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixining asosiy bosqichlari, ilmiy izlanishlarni olib borish uslublari bo‘yicha haligacha bir to‘xtamga kelinmadi;
ikkinchidan, ilmiy izlanishlarni olib borishda maqsadga muvofiqlik, bosqichma-bosqichlik, ilmiy natijalardagi tanqidiy-tahliliy hisobdorlik, moliyalashtirishga yarasha samaradorlik talablari ishlab chiqilmadi;
uchinchidan, 2020 yil ikkinchi yarmiga qadar o‘tgan uzoq yillar ichida ilmiy izlanishlarni moliyalashtirish ilmiy loyihalar doirasida amalga oshirilgani, mazkur yondashuv oqilona va maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yilmagani sababli tadqiqotlar turli tor yo‘nalishlar va tarqoq holda bajarib kelindi, asosiy davrlar, yo‘nalishlar va mavzular bo‘yicha yirik va bus-butun teran ilmiy ishlar amalga oshirilmadi;
to‘rtinchidan, turli tarixiy bosqichlar, davrlar, yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan xodimlar egallashi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar, ilmiy natijalar bo‘yicha ilg‘or talablar joriy qilinmadi;
beshinchidan, ilmiy darajali mutaxassislarni etishtirish, umuman tarix fanini rivojlantirib borish, xususan, yaqin, o‘rta va uzoq kelajakdagi vazifalardan kelib chiqib tashkil etilmadi;
oltinchidan, ilmiy ishlarning ko‘pchiligi bayonchilik, quruq raqam va voqealar tafsilotini keltirish usulida tayyorlanib kelinmoqda, manbalar bilan ishlash, tanqidiy-tahliliy fikrlash, tarixiy voqea va hodisalarning mohiyati, ularni yuzaga keltirgan omillar va qonuniyatlarni ochib berish holati o‘ta past darajada qolmoqda;
ettinchidan, qadimgi va o‘rta asrlar davrlari tarixi bo‘yicha pishiq izlanishlar olib borishga qodir, so‘g‘d, boxtar, xorazm, avesta, sanskrit, yunon, lotin, arab, fors, xitoy, hind, urdu va boshqa kerakli tillar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmagani sababli ilmiy izlanishlar, jumladan, tayanch doktorantura, doktorantura bo‘yicha mutaxassis tayyorlash asosan mustamlaka va eng yangi davr tarixiga doir yo‘nalishlar bilan cheklanib qoldi;
sakkizinchidan, ilmiy izlanuvchilarni tarbiyalab borishda avlodlar almashuvi omili ko‘zda tutilmadi, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilib, ustoz-shogird an’analarining tabiati buzib yuborildi;

Download 50.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling