O‘zbekiston Respublikasida tarix fani sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
Download 50.61 Kb.
|
tarix fani
to‘qqizinchidan, tarix fani va tarix ta’limining uzviy bog‘liqligi ta’minlanmadi, turli darajadagi mutaxassislar tayyorlash tarix fani sohasi oldida turgan ilmiy, ta’lim, tarbiyaviy va boshqa ijtimoiy vazifalar ko‘zda tutilgan holda maqsadli amalga oshirilmadi;
o‘ninchidan, zamonaviy va ilg‘or ta’lim standartlarini ishlab chiqish hamda ularga asoslangan ravishda samarali o‘qitish uslublari, o‘quv adabiyotlarini yaratish ishi uddalanmadi; o‘n birinchidan, oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tarix fani oldida turgan vazifalar nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq tayyorlash, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash yo‘lga qo‘yilmadi; o‘n ikkinchidan, umumta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitish eskicha yondashuv asosida olib borilmoqda, darsliklarga tarix fani bo‘yicha amalga oshirilgan yangi tadqiqotlarning natijalarini kiritish tartibi yo‘lga qo‘yilmadi; o‘n uchinchidan, tarixiy tafakkurni shakllantirish orqali umuman jamiyat, ayniqsa, yoshlar ongiga Vatanga sadoqat, o‘ziga va yurt kelajagiga ishonch, zamonaviy bilim, kasb-kor va yangiliklarga intilish, o‘zgarishlarga tayyorlik ruhini singdirib borishdek o‘ta muhim masalaga etarlicha e’tibor berilmadi; o‘n to‘rtinchidan, adabiyot va san’at yo‘nalishlarida tarixiy asarlar yaratish, ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘ini tarixiy mavzular bilan to‘ldirishda tarix fanining tengsiz o‘rniga ahamiyat berilmadi; o‘n beshinchidan, xalqaro darajada xalqimiz va davlatimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirish, chet elliklarning yurtimizga bo‘lgan qiziqish hamda intilishlarini kuchaytirishda qadim, boy va rang-barang tarixiy merosimizning ilmiy targ‘iboti yo‘lga qo‘yilmadi. o‘n oltinchidan, ilmiy natijalarni ommalashtirish va tijoratlashtirish ishlari bugungi zamon talablariga butunlay mos kelmaydi. 3-bob. Tarix fani sohasini rivojlantirishning maqsad va vazifalari Tarix fani sohasini rivojlantirishning maqsadi milliy manfaatlarimizga mos, ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olgan holda, o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixini ilmiy o‘rganishning zamonaviy va samarali asoslarini ishlab chiqish, chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega, ijodiy va tizimli fikrlaydigan mutaxassislar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning yangi avlodini etkazish, olingan ilmiy natijalarni ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarida ta’sirchan qo‘llash, jamiyatda milliy o‘zlikni anglash hissini mustahkamlashda xizmat qiladigan tarixiy tafakkurni tarbiyalashga qaratilgan bus-butun tizim yaratishdan iboratdir. Tarix fani sohasini rivojlantirishning vazifalari: o‘zbek xalqi va davlatchiligining kishilik sivilizatsiyasi tarixida tutib kelgan an’anaviy etakchi o‘rnini ilmiy jihatdan asoslab berish, jamiyatimiz va xalqaro jamoatchilikka uzluksiz etkazib borish; o‘zbek xalqi va davlatchiligining tarixiy bosqichlarini eng avvalo yurtimiz va mintaqada qadim-qadimdan kechib kelayotgan tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy jarayonlar mohiyati va o‘ziga xosliklaridan, shuningdek, kishilik sivilizatsiyasi tajribasidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish; tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish; tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari negizida 2021-2030 yillarda bajarilishi lozim teran ilmiy izlanishlar rejasini tayyorlash; ilmiy darajali mutaxassislarni tayyorlashning milliy va jahon tajribasidan o‘tgan ilg‘or shakllarini joriy etish; mutaxassislarni tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda jamiyatning tarixiy axborotga bo‘lgan kuchli ehtiyojiga ko‘ra tayyorlash tartibini bosqichma-bosqich kiritib borish; mutaxassislarni tayyorlashda ilmiy tadqiqot manbalari, usullari, izlanishlar tillarini to‘liq egallashlariga erishish; boy va noyob o‘tmish tajribasi asosida shakllantirilgan tarixiy tafakkur orqali jamiyat, ayniqsa, yosh avlodga yurtsevarlik, milliy o‘zlik, ijtimoiy mas’uliyat, bilim, kasb-kor, yangilikka intilish ruhini singdirish; ilmiy ishlanmalar natijalarini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablarini tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga ko‘ra qayta ishlab chiqishdan iboratdir. Download 50.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling