O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish Reja
Download 93.37 Kb.
|
O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy i-hozir.org
Tashqi bozorga chiqish usullariEksport bu – kapital, tovar va xizmatlarni ularni tashqi bozorda sotish uchun olib chiqishdir. Xalqaro savdoda eksportning bir necha xil turlari mavjud bo`lib, ulardan eng tarqalganlari mazkur mamlakatda tayyorlangan, ishlab chiqarilgan va qayta ishlangan tovarlarni olib chiqish hisoblanadi. Xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni chet elga qaytarib kelish sharti bilan bojxona nazorati ostida olib chiqish, shuningdek, vaqtincha ko`rgazma, yarmarka, kim-oshdi savdolari va hokazolarga chet eldan olib kirilgan tovarlarni olib chiqish ham katta ahamiyat kasb etmoqda. SHu munosabat bilan reeksport tushunchasini – mamlakatga ilgari olib kirilgan va qayta ishlanmagan tovarlarni olib chiqishni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Bevosita eksport operatsiyalarini vositachilarsiz, mustaqil amalga oshirishni anglatadi. Bu holda xalqaro kompaniya chet ellik xaridorlar bilan bevosita shartnomalar tuzadi. YAkuniy xaridorlar bilan o`z distrib’yuterlar tarmog`i orqali ishlash ham mumkin. Bilvosita eksport esa eksport operatsiyalarini xalqaro vositachilar yordamidan foydalangan holda amalga oshirishni anglatadi. Bunday vositachilar xalqaro marketing xizmatlarini ko`rsatar ekan, xalqaro savdo bilan bog`liq bo`lgan barcha masalalarni o`z zimmasiga oladi. +o`shma tadbirkorlik faoliyati eksportdan shunisi bilan farq qiladiki, unda tuzilgan hamkorlik natijasida chet elda ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi. +o`shma faoliyatning to`rt turini ajratib ko`rsatish mumkin: Tijoratni ko`chirish yoki bilim va intellektual mulkni berish. Buni belgilash uchun xalqaro laysenzing (litsenziyalash) atamasi qo`llanadi. Bunda bir mamlakatdagi intellektual mulk egasining egalik huquqini boshqa mamlakatdagi xaridorga belgilangan muddatda va ma`lum shartlar bilan berish tushuniladi. Litsenziyalash bu ishlab chiqaruvchini xalqaro marketingga jalb etishning eng oddiy yo`llaridan biridir. Litsenziyalar savdosida etakchi o`rin A+SHga tegishli bo`lib, undan keyingi o`rinlarda G`arbiy Evropa davlatlari va YAponiya turadi. Franchayzing – litsenziyalashning o`ziga xos shakli bo`lib, unga ko`ra bir tomon ikkinchi tomonga tijorat asosida ishlab chiqarish va (yoki) marketing texnologiyalari, nou-xau va tovar belgilariga litsenziyalarni beradi hamda buning uchun shartnomada kelishilgan miqdorda kompensatsiya oladi. Turli mamlakatlar korxonalari kooperatsiyasi xalqaro hamkorlikning samarali shakllaridan biridir. Xalqaro marketing tajribalarining ko`rsatishicha, kichik korxonalar ham yirik sanoat firmalari bilan tashqi bozorga zarur bo`lgan yuqori sifatli mahsulotlarni nisbatan arzon narxlarda etkazib berish yo`li bilan raqobatlashishi mumkin. BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi ishlab chiqarish bo`yicha xalqaro kooperatsiya shakllarini quyidagicha tasniflaydi: 1. Kooperatsiya (litsenziya asosida), ya`ni litsenziyani hamkorga berish (sotish). 2. Hamkorga doimiy ravishda ma`lum miqdorda detallar, tarkibiy qismlar yoki tayyor mahsulot etkazib turgan holda kooperatsiya (litsenziya asosida). 3. Bir vaqtning o`zida asbob-uskunalar, murakkab texnika va ishlab chiqarish-ombor binolarini lizing tartibida bergan holda kooperatsiya (litsenziya asosida). 4. Birgalikda ishlab chiqarish, texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash, mahsulotni sotish va hokazolarni ko`zda tutadi. Raqobat bu — kishilarning avvalo iqtisodiy, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa sohalaridagi jiddiy kurashdir. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan raqobat bu sotuvchilarning (ishlab chiqaruvchilarning) iste`molchilar talablarini qondirish uchun kurash, shuningdek, xaridorlarning eng qulay sharoitlarda o`zlari uchun eng foydali tovarlarni sotib olish uchun kurash hisoblanadi. Raqobat bir tomonidan iqtisodiyotning to`xtab qolishiga to`sqinlik qilib, jamiyat taraqqiyotining garovi bo`lsa, ikkinchi tomondan barqarorlikning yo`qolishi, mojarolar, bankrotga uchrash, xodimlarning ishdan bo`shatilishi raqobatning ajralmas qismlaridan biridir. e. Xabbardning obrazli ifodalashiga ko`ra: «Raqobat – savdoning hayoti va savdogarlarning o`limidir». Bizning mamlakatimizda raqobat haqida bozor islohotlarining o`tkazila boshlashi bilan gapira boshladilar. SHu sababli respublikamizdagi ishlab chiqaruvchi va vositachilarda raqobatli kurash olib borish bo`yicha tajribalar hali etarli emas. Bozorda raqobatning ikki xil turini ajratib ko`rsatish mumkin: narxga bog`liq bo`lgan raqobat; narxga bog`liq bo`lmagan raqobat. Dastlabki holatda raqobatchilar bilan kurash o`z tovarlari narxini tushirish vositasida olib boriladi. Narxga bog`liq bo`lgan raqobat sotuvchining ustunligi mavjud (talab taklifdan yuqori va xaridorlar o`rtasidagi raqobat kuchli) bo`lgan bozorlarda sof raqobat ustun bo`lgan (bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar soni ko`p) sharoitlarda, talabning o`zgarishi sust bo`lgan hollarda va kapitalning harakatlanishi unchalik yuqori bo`lmagan sharoitlarda qo`llanadi. Raqobat kurashining narx bilan bog`liq usuli samaradorligi yuqori emas, chunki raqobatchilar xuddi shu tarzda darhol o`z tovarlari narxini tushirishlari mumkin. Bundan tashqari, narx bilan o`ynash moliyaviy barqarorlikka imkon bermaydi, korxonani rejalashtirish va boshqarishni qiyinlashtiradi. Hozirgi sharoitlarda narx bilan bog`liq bo`lgan usulni qo`llash ayniqsa, yangi bozorlarga kirib borishda (masalan, yangi bozorga kirib borishda yaponlar narxlarni o`rtacha 10%ga kamaytiradilar) davom etmoqda. Biroq narxlarning pasaytirilishi bo`lajak foyda va rentabellik darajasi aniq hisoblab chiqishni talab qiladi (narxlarning pasaytirilishi daromadning o`sishiga olib kela oladimi yoki yo`qmi, shuni aniqlash kerak). Hozirgi rivojlangan bozor sharoitlarida raqobatning narx bilan bog`liq bo`lmagan usuli – o`z tovarini raqobatchilarning o`xshash tovarlaridan ajratib ko`rsatish, unga xaridor uchun o`ziga xos bo`lgan xislatlar berish, texnik xizmat ko`rsatish darajasini oshirish, tovarlarni sotishning ilg`or shakllarini rivojlantirish, firma faoliyatining funktsional jihatlari va tuzilmasini takomillashtirish, xaridorlar so`rovlarining o`ziga xosligini hisobga olish kabilar afzal ko`rilmoqda. Buning uchun raqobatchilar yangi tovarlar chiqarish, ularni takomillashtirish, sifatini oshirish, turli xil qo`shimcha xizmatlar va sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish kafolatini taklif qilishdan foydalanadilar. Narx bilan bog`liq bo`lmagan raqobatda nisbatan moliyaviy barqarorlik ta`minlanadi va bu korxonani samarali boshqarishga imkon beradi. Raqobatning narx bilan bog`liq bo`lmagan usuli samaradorligi yuqoriroq, chunki raqobatchilar javob tariqasidagi xatti-harakatarni narx bilan bog`liq bo`lgan raqobatdagi kabi tezlik bilan amalga oshira olmaydilar. SHuning uchun ham narx bilan bog`liq bo`lmagan raqobatni samarali raqobat deb ham atashadi. Narx bilan bog`liq bo`lmagan raqobat usuli narx bilan bog`liq bo`lgan raqobatga nisbatan ko`proq kuch va moliyaviy xarajatlar sarflanishini talab qilsada, muvaffaqiyatga erishilgan hollarda bu xarajatlar to`la oqlanadi. Firmaning maqsad va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda raqobatli xulq-atvorning quyidagi variantlaridan biri tanlab olinishi mumkin: yangi mahsulot, texnologiya, sotuv usullari, servis va reklamani yaratish; yangilik yaratganlardan qisqa muddatda kam xarajatalr bilan «nusxa ko`chirib olish»; erishilgan yutuqlarni sifatni oshirish, assortimentni kengaytirish kabi yo`llar bilan imkon qadar uzoq vaqt saqlab turish. Firmaning ma`lum bir bozor segmentlariga xizmat ko`rsatishga moslashib olishi qoidaga ko`ra boshqa bozor segmentlarini yo`qotish yoki ularda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarining pasayishi hisobiga erishiladi. SHunga asosan quyidagi raqobat strategiyalaridan biri belgilab beriladi: Download 93.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling