O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish Reja
Download 93.37 Kb.
|
O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy i-hozir.org
Xalqaro marketing muhitini o`rganish xalqaro savdo va kooperatsiya tizimi, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy muhit, tovar va xizmatlar xalqaro bozorini o`rganish, xalqaro raqobat va xalqaro marketingni tashkil etish bilan bog`liq masalalarni hal qilishni o`z ichiga kiritadi.
Xalqaro savdo tizimi dunyoning barcha mamlakatlari tashqi savdosi yig`indisini aks ettiradi – u mamlakatlar o`rtasidagi savdo bo`lib, tovar va xizmatlar importi va eksportidan iborat bo`ladi. Mamlakatning tashqi savdosini davlat tartibga solib boradi. Bunda har bir mamlakat o`ziga xos tashqi savdo siyosatini yuritadi. Buning uchun tarifli va notarif tartibga solish vositalaridan foydalaniladi. Masalan, import boji muayyan mamlakatga nisbatan qaysi tarif qo`llanishiga (masalan, Kanadada A+SH bilan savdoda maxsus tariflarning olti xil turi mavjud) bog`liq bo`ladi. Boshqa mamlakatlarda mahsulotni sotishni tashkil etishda firma turli xil cheklovlarga duch kelishi mumkinligi sababli xalqaro marketing muhitini sinchiklab o`rganish zarur. Davlatning tashqi savdo strategiyasining to`rt turini ajratib ko`rsatish mumkin: izolyatsiya strategiyasi (siyosiy va mafkuraviy qoida-jihatlarga asoslanadi); protektsionizm strategiyasi (o`z tovar va xizmatlar bozorini himoya qilishga asoslanadi); erkin savdo strategiyasi (tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirishga asoslanadi); defitsitli bozorni himoya qilish yoki «teskari protektsionizm» strategiyasi (defitsit bozorni to`ldirishga asoslanadi). Davlatning tashqi savdo siyosati siyosiy, iqtisodiy, tarixiy, jug`rofiy, madaniy va boshqa xususiyatlarga bog`liq bo`ladi. Iqtisodiy muhit Iqtisodiy muhitni ko`rib chiqishda mamlakatlarning tasniflanishini e`tiborga olish lozim bo`lib, ularning o`ziga xosliklari va raqobatbardoshlik omillarini aks ettiradi. Xo`jalik strukturasi bo`yicha quyidagicha farqlash mumkin: iqtisodiyoti natural xo`jalik tipidagi mumlakatlar. Masalan, efiopiya va Bangladesh. xom-ashyo eksport qiluvchi mamlakatlar. Masalan, CHili, Zoir, Saudiya Arabistoni. sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar. Masalan, Filippin, Hindiston. sanoati rivojlangan mamlakatlar. Masalan, A+SH, Germaniya, YAponiya. Daromad taqsimoti bo`yicha mamlakatlar quyidagicha farqlanadi: daromadi juda past; daromadi asosan past; daromadi juda past va shu bilan bir paytda juda yuqori; daromadi past, o`rtacha va yuqori darajada; daromadi o`rtacha darajada. Aholi jon boshiga YAMM ko`rsatkichlari bo`yicha mamlakatlarni quyidagi guruhlarga taqsimlash mumkin: yuqori daraja (25 mamlakat) – 6 ming.doll. va undan ko`p o`rtacha daraja (54 mamlakat) – 554 doll.dan 6 ming doll.gacha yuqori o`rtacha daraja (37 mamlakat) – 2,2 dan 6 ming. Doll.gacha past o`rtacha daraja (17 mamlakat) – 545 dan 2.2 ming. Doll.gacha past daraja (42 mamlakat) – 545 doll.dan kam. Mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini baholashda asosan quyidagilar hisobga olinadi: iqtisodiyot dinamikasi; sanoat samaradorligi; bozor dinamikasi; moliyaviy dinamika; inson resurslari; davlatning aralashuvi; milliy resurslar; tashqi yo`nalganlik (tashqi bozorga yo`nalganlik); investitsiya yo`nalganligi; ijtimoiy-iqtisodiy konsensus va barqarorlik. SHu tariqa, xorijiy bozorlarning turli xil elementlari tavsifnomalarini aniqlab olgach, kompaniya dastlabki xulosalarga kelishi va istiqbollarni belgilashi mumkin. Download 93.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling