O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish Reja


Download 93.37 Kb.
bet2/10
Sana28.10.2023
Hajmi93.37 Kb.
#1731890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy i-hozir.org

fiskal’, ya`ni davlat byudjeti daromadlarini to`ldirish manbai bo`lib xizmat qiladi;


  • protektsionistik, ya`ni milliy ishlab chiqaruvchilarni chet el raqobatidan himoya qiladi;


  • boshqaruv, ya`ni iqtisodiy tuzilishni qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg`or siljishlar rag`batlantiriladi.






    1. Butun jahon savdo tashkiloti


    Xalqaro savdodagi sodir bo`lyotgan jarayonlarni tahlil qilar ekanmiz erkinlashtirish uning eng asosiy yo`nalishi ekanligini ta`kidlab o`tish lozim. Boj to`lovlarida sezilarli kamaytirishlar yuz berdi, ko`pgina cheklashlar, kvotalar va boshqa to`siqlar yo`q qilindi. Biroq, bir qator muammolar mavjud. Ularning eng asosiysi - protektsionistik harakatlarning ko`p narsalarda bir-biriga zid bo`lgan iqtisodiy guruhlar, mamlakatlarning savdo-iqtisodiy bloklari miqyosida rivoj topishi.


    Savdo-iqtisodiy bloklarning paydo bo`lishidagi birinchi kadam bu erkin savdo hududlarining yaratilishidir. Xalqaro bankning axborotlariga karaganda 90-yillar arafasida dunyo savdosining 42% shunday hududlarda olib borilgan. eng mashhur hududlar bu - Ovrupaning erkin savdo assotsiyatsiyasi(EAST), Ovrupa Xamjamiyati(ES), SHimoliy Amerika erkin savdo zonasi(NAFTA), Osiyo-Tinchokeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti(ATES) va boshqalar.
    Xalqaro hududiy savdo bloklarining eng yirik to`qqiztasining tarkibi qo`yida keltirilgan:
    1. Ovrupa Hamjamiyati (ES)-Avstriya, Germaniya, Velikobritaniya, Italiya, Irlandiya, Frantsiya, Ispaniya, Portugaliya, Finlyandiya, SHvetsiya, Daniya, Bel’giya, Lyuksemburg, Niderlandu, Gretsiya.

    1. SHimoliy Amerika erkin savdo haqidagi kelishuvi (NAFTA) - A+SH, Kanada, Meksika.


    2. Ovrupa erkin Savdo Assotsiatsiyasi (EAST) - Islandiya, Norvegiya, SHveytsariya, Lixtenshteyn.


    3. Osiyo-Tinchokeani iqtisodiy hamkorligi (ASEAT) - Avstraliya, Bruney, Malayziya, Singapur, Tailand, YAngi Zelandiya, Papua-Novaya Gvineya, Indoneziya, Fillipinu, Tayvan’, Gonkong, YAponiya, YUjnaya Koreya, Kitay, Kanada, SSHA, Meksika, CHili.


    4. Merkosur - Braziliya, Argentina , Paragvay, Urugvay.


    5. Janubiy Afrika Tarakkiyot kumitasi (SADK) - Angola, Botsvana, Lesoto, Malavi, Mozambik, Mavrikiy, Namibiya, YUAR, Svazilend, Tanzaniya, Zimbabve.


    6. G`arbiy Afrika iqtisodiy va valyuta ittifoki(YUEMOA)- Kot-d`Ivuar, Burkina-Faso, Nigeriya, Togo, Senegal, Benin, Mali.


    7. Janubiy Osiyo hududiy hamkorlik assotsiatsiyasi(SAARK)- Indiya, Pakistan, SHri Lanka, Bangladesh, Mal’div orollari, Butan, Nepal.


    8. And pakti- Venesuela, Kolumbiya, ekvador, Peru, Boliviya.


    Bunday bloklarning to`zilishiga siyosiy, iqtisodiy va tarixiy xarakterdagi ob`ektiv jaryonlar sabab bo`ladi. Bir tomondan bunday jarayonlarning kuchayishi xalqaro savdoni kuchaytirsa(zona, blok, hudud mikiyosida), boshqa tarafdan- har qanday yopik to`zilma uchun xos bo`lgan ba`zi bir to`siqlar yaratadi. YAgona, global dunyo savdo bazori yo`lida savdo-iqtisodiy guruhlarning bir-birlari bilan aloqasida vujudga kelishi mumkin bo`lgan ko`plab to`siq va qarama-qarshiliklar mavjud.


    Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi dunyo xo`jaligiga printsipial o`zgarishlarni kiritmaydi. Mamlakatlarning iqtisodiy bloklarga birlashishi erkin savdo fikrlarining to`la galabasi yoki protektsionistik usullarga maglub bo`lishni bildirmaydi. erkin savdo yoki protektsionizm birini tanlash zarurligi muammosi xali ham mavjud. U tashqi savdo aloqalarinnig boshqa bir darajasiga utayapti, bu darajada bir guruh davlatlarning uchinchi davlatlarga qarshi kullaydigan iqtisodiy siyosatlari haqida so`z ketadi. Hatto ma`lum bir savdo-iqtisodiy guruh ichida ham ziddiyatlar bo`ladi, bu ziddiyatlar Savdo urushlariga aylanishlari mumkin (Masalan ES mamlakatlari orasida balik, uzum, moy urushlari).
    Savdo-iqtisodiy bloklarning a`zo mamlakatlari dunyo bozoridagi zamonaviy sharoitning qiyinligi va muammolarini tushungan xolda bu muammo va qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish yo`llarini axtarmoqdalar.
    Umumjahon savdo tashkiloti(VTO)ning bosh direktori R.Rudjero VTO ning a`zo mamlakatlarini ko`p tomonlama savdo tizimining taraqqiyotida hamkorlik qilishga chakirdi. Bu uning fikricha hududiy tizimlarni yaratish bir xil ahamiyatga ega. Taxminlarga ko`ra global erkin savdo zonasini yaratishga 2020 yilda erishiladi.
    Xalqaro savdoni boshqarish, uning taraqqiyotiga bo`lgan to`siqlarni yo`q qilish, uni erkinlashtishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tashkilotlarning eng asosiylaridan biri bu-Tariflar va savdo bosh bitimidir (GATT) dir. GATT to`zilishi haqidagi kelishuv 1947 yilda 23 mamlakat tarafidan imzolandi va 1948 yilda kuchga kirdi. 1995 yil 31 dekabr’da GATT o`z faoliyatini tugatdi va uning urniga Umum jahon savdo tashkiloti(VTO) barpo qilindi.
    GATT bu ko`p tomonlama xalqaro kelishuv bo`lib, u a`zo mamlakatlarning o`zaro savdosiga aloqador ko`pgina printsiplar, huquqiy normalar, savdoni olib borish va davlat boshqaruviga oid qoidalarni o`z ichiga oladi. GATT eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan biri bo`lib, uning faoliyat doirasi dunyo savdosining 94%ni kamrab oladi. GATTning huquqiy mexanizmi bir qator qonun-qoidalarga asoslangan:
    - savdoda bir tarafning huquqi bo`zilishini oldini olish, qo`yidagilarni ta`minlash yo`li bilan: bir tarafdan eksport, import, tranzit operatsiyalari va ular bilan bog`liq boj va to`lovlar borasida eng qulay sharoit yaratish yo`li bilan; ikkinchi tarafdan esa import va milliy mollar orasida ichki solik va to`lovlar borasida, shuningdek ichki savdoni boshqaradigan qoidalar borasida teng huquqlikni ta`minlaydigan milliy tartibni yaratishda;
    - eng qulay sharoit , ya`ni kelishuvga kirishayotgan taraflar orasida ular tarafidan uchinchi davlatlarga berilayotgan(yoki berilajak) barcha imtiyoz va ustunliklardan foydalanish huquqini yaratish. Bu qoida tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi, boj to`lovlari, ishlab chiqarish, dengizchilik, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy axvoliga ta`alluqli;
    - milliy bozorni himoya qilishda ko`prok tarif ko`rollaridan foydalanish, import va boshqa notarif cheklashlardan voz kechish;
    - ko`p tomonlama mo`zokaralar olib borish yo`li bilan boj tariflarining jiddiy pasaytirilishi;
    - rivojlanayotgan mamlakatlar bilan savdoda preferentsialtizimni urnatish;
    - savdo borasida paydo bo`lgan kelishmovchiliklarni mo`zokaralar yo`li bilan xal qilish;
    - bir-biriga savdo-siyosiy yon bosishda hamkorlik.
    GATTning faoliyati raundlarga birlashgan ko`p tomonlama mo`zokaralar yo`li bilan olib borilgan. GATTning faoliyat boshlaganidan beri 8 raund utkazilgan, ularning natijasida o`rtacha boj miqdori un baprobar kamaygan. 2-chi dunyo urushidan keyin ular 40%ni tashkil qilgan bo`lsa, 90-chi yillar o`rtasida ular taxminan 4%ni tashkil qilgan. 1996 yil o`rtasida GATTga 130 mamlakat a`zo bo`lgan.


    Download 93.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling