O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish Reja


Download 93.37 Kb.
bet10/10
Sana28.10.2023
Hajmi93.37 Kb.
#1731890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy i-hozir.org

Tovar kontseptsiyasi xalqaro bozor sub`ektlarining tijorat-xo`jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo`lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifati uning eng yaxshi ekspluatatsiya tavsifnomalari bilan uyg`unlashgan holdagina o`z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishdan umid qiladi. Ishlab chiqaruvchi barcha hatti-harakatlarini tovarni takomillashtirishga qaratadi. Buning uchun foydalaniluvchi usullar xuddi ishlab chiqarish kontseptsiyasida qo`llanuvchi usullarga o`xshab ketadi. Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda asosiy o`rinni ITTKI egallaydi.

Sotuv kontseptsiyasi xalqaro bozor sub`ektlarining tijorat-xo`jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo`lib, bunda sotuvchi sotuv sohasiga ko`p kuch sarflagan holda o`z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishga harakat qiladi. Sotuvchi faoliyatining asosiy vazifasi deb zarur sotuv hajmiga erishishni belgilaydi. CHet ellik xaridorga sotuvni rag`batlantirishning turli usullari yordamida ta`sir ko`rsatar ekan, sotuvchi uni o`z tovarlarini sotib olishga undaydi. Ko`p hollarda sotuvchi xaridorning ehtiyojlarini qondirish ustida bosh qotirmasdan, o`z mahsulotlarini zo`rlab sotish siyosatini ham qo`llaydi. Sotuv kontseptsiyasi ma`lum vaqt davomidagina potentsial xaridorlar soni etarli bo`lganda samarali bo`lishi mumkin.

Marketing kontseptsiyasi xalqaro bozor sub`ektlarining tijorat-xo`jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo`lib, bunda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o`z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holdagina o`z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo`ljallaydi. O`z maqsadlarigsha erishish uchun ishlab chiqaruvchi birinchi o`ringa chet ellik xaridorlarning muayyan ehtiyojlarini qo`yadi. SHu sababli boshqaruvda asosiy e`tiborni ishlab chiqarish faoliyatidan o`z mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojni marketing usullari tizimi yordamida saqlab qolish va kengaytirishga qaratish zarurati tug`iladi.
SHu tariqa, marketing kontseptsiyasi bu chet ellik xaridorga yo`nalganlik bo`lib, ishlab chiqarishni uning manfaatlariga xizmat qilishiga asosalanadi.


Jamoatchilik marketingi kontseptsiyasi xalqaro bozor sub`ektlarining tijorat-xo`jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo`lib, bunda sotuvchi xalqaro bozorning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o`z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holda, ayrim chet ellik xaridorlar va umuman jahon hamjamiyatining uzoq muddatli manfaatlariga mos holda o`z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo`ljallaydi. Bunday kontseptsiyaning paydo bo`lganiga hali ko`p bo`lgani yo`q. Uning paydo bo`lishiga ekologik muhitning yomonlashuvi, xom-ashyo va energetika taqchilligining yuzaga kelishi, inflyatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi, demografik ahvolning jiddiylashuvi kabi holatlar sabab bo`ldi. Faoliyatini ushbu kontseptsiya doirasida tashkil etuvchi korxona o`z oldiga xalqaro hamjamiyatning manfaatlariga mos ravishda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishni maqsad qilib qo`yadi.

http://hozir.org
Download 93.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling