O‘zbekiston Respublikasida


Download 49.5 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1184877
  1   2
Bog'liq
2-мавзу амалий маш Аудит


2-MAVZU: O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati va uni tartibga solish
REJA:

1.“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar sharhi


2.Auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi

3.Auditorlik kasbiga qo’yiladigan malakaviy talablar


4.Auditorlik faoliyatini tartibga solishda professional tashkilotlar roli.

Tayanch so’z va iboralar: Auditorlik faoliyatining me’yoriy huquqiy asoslari, auditorlik faoliyatini litsenziyalash, malaka sertifikati, auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish, audit standartlari, ichki standartlar, auditor etikasi, auditor va auditorlik tashkilotlarining mustaqilligi, auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Malakaviy talablar, ahloqiy talablar, auditor malakasini oshirish shartlari, kasb etikasi, auditor kompetentligi, maxfiylik, mustaqillik, vijdonlilik, adolatlilik, litsenziya talablari, litsenziyani bekor qilish va to‘xtatish, auditor ish sifatini nazorat qilish




. Takrorlash uchun savollar

  1. O’zbekistonda auditorlik faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy tizimi va uning kanday elementlarini bilasiz?

  2. Auditorlik faoliyatning huquqiy asoslari qanday me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi?

  3. O’zbekistonda qanday auditorlik standartlari mavjud?

  4. Auditor standartlari qanday klassifikatsiyalanadi?

  5. Auditor tushunchasini izohlab bering?

  6. Audit xarajatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq qaysi manbalar hisobiga qoplanadi?

  7. Audit o’tkazishga qaysi mutaxassis auditor bo’lishga huquqli bo’ladi?

  8. Auditorlik faoliyati qanday organ tomonidan tekshiriladi?

  9. Auditorlik Palatasining funktsiyalari nima?

  10. Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun attestatsiya qilish qanday amalga oshiriladi?

  11. Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya (malakaviy sertifikat) qaysi organ tomonidan beriladi?

  12. Auditorlik firmalarining litsenziyalari yoki auditorning malakaviy sertifikatlari qanday holatlarda kim tomonidan bekor qilinishi mumkin?

  13. Auditorlik tashkiloti faoliyatini tugatish yoki to’xtatish to’g’risida da’vo bilan xo’jalik sudiga kim murojaat qilish huquqiga ega?

  14. Litsenziyasiz auditorlik faoliyatini amalga oshirganligi uchun unga qarshi qanday tartibda sanktsiya qo’llanilishi mumkin?

MAVZU BO’YICHA MASALALAR


Masala. Bir necha hafta mobaynida tadbirkor Safarov A va auditor viloyatlar bo‘ylab sayohat qilmoqda. Tadbirkor A. Safarov sayohati davomida turli xil korxonalarda hissa qo‘shish imkoniyatini qidirmoqda. Auditor tadbirkorga kapital qo‘yish borasida maslahatlar berishi hamda tadbirkor bilan sherikchilik asosida tashkil qilingan korxonaning yillik hisobotini tekshiruvdan o‘tkazishi zarur.




Talab qilinadi: Yillik hisobotni tekshirayotganda auditorlarning mustaqillik tamoyilidan kelib chiqqan holda auditorga ham maslahatchi ham auditor, deb baho berish mumkinmi? Holatlarni tahlil qiling.


Masala. «ALFA» firmasi 2011- yilning mart oyida ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish uchun bankka murojaat qildi. Bank firmadan 2010- yil yillik hisobotini ishonchliligini tasdiqlab beradigan auditorlik xulosasini so‘radi. «ALFA» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiladigan korxonalar turkumiga kirmaganligi sababli auditorlik tekshiruvini o‘tkazmagan edi. Lekin 2010- yilning noyabr oyida soliq inspeksiyasi tomonidan hujjatli tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lib, firma bankga ushbu tekshiruv dalolatnomasini taqdim etdi.

Talab qilinadi:



  1. Bank ushbu tekshiruv dalolatnomasini auditorlik xulosasi sifatida qabul qilishga haqlimi?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.

Masala. Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari mavjud:


Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, pul mablag‘larining harakati va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo‘jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, hujjat aylanish grafigi, o‘tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi.

Talab qilinadi:



  1. Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to‘plash kerak va tekshirish o‘tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtiradi.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

Asosiy adabiyotlar:



  1. Fayziev Sh.N., Dusmuratov R.D., Karimov A.A., Kuziev I.N., Avlokulov A.Z. Audit: Darslik -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2015y. – 430 b.

  2. Tuychiev A., Qo’ziev I., Avloqulov A., Sherimbetov I., Avazov I. Audit. Darslik. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. – 620 b.

  3. Kuziev I., Tuychiev A., Xojiev M., Yakubov M. Vnutrenniy audit. “Iqtisod-Moliya”, 2019 g. – 421 str.”

Qo’shimcha adabiyotlar:





  1. O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni (yangi tahriri). 2000 yil 26 may. 78-II-son.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-son Qarori. http://lex.uz

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-yanvardagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini" faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5635-sonli Farmoni. https://nrm.uz

  4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi 274-sonli «Auditorlik tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishni ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori. http://lex.uz

  5. O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018 yil 21 dekabrdagi “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi 3105 sonli buyrug’i. http://lex.uz

  6. Audit va sifat nazoratining xalqaro standartlari. 2012. 1 qism, 3-jild. -T.: O’BAMA, 2014.-1049 b.

  7. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  8. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

  9. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

  10. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.

  11. Arens A., Lobbek Dj. Audit. Per. s angl. pod red. Ya.V. Sokolova. - M.: Finansi i statistika, 2013. -560s.

  12. Fayziev Sh.N., Karimov A.A. Audit. Uchebnoe posobie. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013. -S. 157-158.

  13. Sheremet A.D., Suyts V.P. Audit. Uchebnik.- M.: INFRA-M, 2009. -456 s.

  14. Qo‘ziyev I.N., Fayziev Sh.N., Avloqulov A.Z., Sherimbetov I.X. Ichki audit. O’quv qo‘llanma. -T.: IQTISOD-MOLIYA, 2015. 198 bet.

Internet saytlari:





  1. http://www. gov.uz. (O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali)


  2. Download 49.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling