Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


Download 143.69 Kb.
bet9/11
Sana02.06.2024
Hajmi143.69 Kb.
#1837695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-hafta

Ikkinchi o'zgarish: qo'shni davlatlar bilan munosabatlarimiz iliqlashdi. Chegaralar ochildi, bordi-keldi yo'lga qo'yildi. Natijada bir ariq narida yashayotgan qarindoshlar bir-birining diydoriga to'ydi. Qalblardagi sog'inch hissi yumshadi, dardlarga malham topildi.
Uchinchi o'zgarish: fuqarolik berilishi va pasport tizimidagi mantiqsiz tartibotga barham berildi. Uzoq muddat fuqaroliksiz yashagan minglab yurtdoshlarimiz Vatanli bo'ldi. Ularga O'zbekiston fuqarosi, degan yuksak sharaf berildi.
To'rtinchi o'zgarish: faol tadbirkorlik muhiti yaratildi. Bu mamlakatga xorijlik investorlarni jalb etish, o'zimizning tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish uchun zamin bo'ldi. Eng asosiysi, shu muhit tufayli minglab fuqarolarimiz ishli, doimiy daromad manbaiga ega bo'ldi. Bugun ularning oilasida farovonlik muhiti hukm surmoqda.
Beshinchi o'zgarish: majburiy mehnatga barham berildi, jamiyatimizning yangi qiyofasi shakllandi, xalqimiz dunyo- qarashi o'zgardi. Bu qutlug' o'zgarishlarni har kuni o'z hayotimizda, ko'cha-ko'yda, obod mahallalarda, oilalardagi to'kislik muhitida, xalqimiz hamjihatligi ruhida sezamiz.
Milliy-siyosiy bayramimiz bahona bu kabi islohotlarni yana ko'p sanasak bo'ladi. Eng muhimi, bugungi xalqimiz kechagi xalq emas. Bugun har birimizning hayotimizda bo'layotgan o'zgarishlar shukuhi bizni yangi marralar sari chorlab turibdi.
Kundan-kunga dong'i doston — O'zbekiston! Qo'shiq ta’sirida xayolimizda fikrlar g'ujg'on o'ynaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Yangi O'zbekistonni barpo etish — bu shunchaki xohish-istak emas, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan obyektiv zarurat” ekanini yana bir bor mushohada qilamiz.
Mustaqillik bizga yangi hayot bag'ishladi, barcha jabhada yuksalishga erishdik. Keyingi yetti yilda esa yangi taraqqiyot davriga qadam qo'ydik. Bu tarixan juda qisqa, lekin mazmunan elni yangilagan davrda biz xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan buyuk o'zbek yo'liga asos soldik. Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqimiz farovonligini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratildi.
“O'zbekistonning har bir farzandi xalqimizning birdamligi, mamlakat yaxlitligi uchun kurashib yashashni o'z hayotining ma’nosi deb bilmog'i kerak!
Download 143.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling