Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


Biz bir bo'lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”, deya ta’kidladi Prezidentimiz


Download 143.69 Kb.
bet10/11
Sana02.06.2024
Hajmi143.69 Kb.
#1837695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-hafta

Biz bir bo'lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”, deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Darhaqiqat, biz birlashib, birgalashib katta yutuqlarga erishdik. Bugun taraqqiyotimizning yangi davriga qadam qo'ydik. Bu yo'lda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib, Taraqqiyot strategiyasidagi rejalarimiz ijrosiga kirishdik.
Konstitutsiyaviy islohotni amalga oshirdik. Tom ma’noda ijtimoiy davlat qurishga kirishdik.
Joriy yilda o‘tkazilgan Prezident saylovida xalqimiz o'z kelajagi uchun emin-erkin ovoz berdi. “O'zbekiston — 2030” strategiyasini xalqimiz muhokamasidan o'tkazib oldik. Yaqinda qabul qilinigan bu hujjatdagi 100 maqsad “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyiliga asoslangani bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlikali va shiddatli davr ruhida yashash har birimizdan juda katta mas’uliyat, to'xtovsiz harakat va ilg'or g'oyalarni talab qiladi. Shu ma’noda, dunyoni o'ziga chorlayotgan yangi O'zbekiston ruhidan har birimiz kuch olamiz.
Bu yilgi Mustaqillik bayrami mohiyatiga “Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!” g'oyasi singdirildi. Boisi, xalqimiz har bir kunni katta orzu-intilishlar bilan qarshi oladi. Oilalarda, mahallalarda yangi hayot uchun kurash ruhi keza boshladi.
Davlatimiz rahbari bayram tadbirida qatnashgan xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari va chet ellik sheriklarga ham yangi O'zbekiston islohotlarini qo'llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Aytish joizki, keyingi yillarda yangi O'zbekiston dunyoga ochildi, dunyo ham bizga ochildi. Tinchlikparvar, umummintaqaviy bag'rikenglik siyosati tanlandi. Pirovardida, O'zbekiston tashabbuslari yuksak doiralarda e’tirof etilib, xalqaro miqyosda qo'llab-quvvatlana boshladi.
Bu yilgi mustaqilligimizning o'ttiz ikki yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tantanali bayram tadbirda turkiy davlatlardan kelgan san’atkorlar ham ishtirok etdi. Ular aytgan qo'shiqlarda birdamlik va ahillik ruhi ufurib turdi.
“Yangi O'zbekiston” bog'idan rangbarang mushaklar otildi. Niyatlar, orzu-umidlar jo'sh urdi. Qalblarda tilaklar uyg'unlashdi: Mustaqil va obod yurtimizga ko'z tegmasin, boshlagan ishlarimiz bardavom bo'lsin!
Bugun oldimizda turgan vazifalar qanchalik ulkan va murakkab bo'lmasin, ularni birgalikda hal etishga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham yetadi.
Biz endi kechagi odamlar emasmiz. Xalqimiz ham kechagi xalq emas.
Tarixdan ma’lum: vaqtni — imkoniyatga, imkoniyatni — yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantira olgan xalq — buyuk xalqdir. Bugun mehnatkash, mard va olijanob, mehr-oqibatli elimiz ayni shunday xalq bo'lib maydonga chiqmoqda.
Bugun oldimizda turgan vazifalar qanchalik ulkan va murakkab bo'lmasin, ularni birgalikda hal etishga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham yetadi.
Barcha yutuq va g'alabalarimizning ijodkori va bunyodkori bo'lgan xalqimiz hamisha omon bo'lsin! Go'zal yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom bo'lsin!
Jonajon Vatanimizga ko'z tegmasin!
Download 143.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling