«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»


Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilganlik uchun


Download 184.5 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi184.5 Kb.
#242712
1   2
Bog'liq
Asırılǵan stavkalar

Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilganlik uchun BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha jarima 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (avvalroq BHMning 75 dan 100 baravarigacha jarima bilan jazolangan, qolgan qismlar o‘zgarmagan).

Qayd etilishicha, ushbu sanksiyalar BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha bo‘lgan zarar yetkazilganda qo‘llaniladi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham o‘zgartirishlar kiritildi, xususan, 162-moddada ko‘rsatilgan javobgarlik 79-moddaga kiritildi. Daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish huquqbuzarligini qayta sodir etganlik uchun jarima miqdori oshirildi — jismoniy shaxslar uchun BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha, yuridik shaxslar uchun esa BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha etib belgilandi, shuningdek ulardan huquqbuzarlik sodir etishda foydalanilgan qurol musodara qilinadi.

Bundan tashqari, qattiq maishiy qurilish chiqindilarini, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlaganlik uchun jarimalar oshirildi — jismoniy shaxslar uchun BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun 10 baravaridan 20 baravarigacha. Ushbu huquqbuzarlik takror sodir etilsa — jismoniy shaxslar uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun esa 20 baravardan 30 baravargacha jarima solishga sabab bo‘ladi.



Hujjat bilan, shuningdekyuridik shaxslarga qarashli yoki biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va asrab-avaylash choralari ko‘rilmaganligi uchun javobgarlik joriy etildi — mansabdor shaxslar uchun jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravaricha bo‘ladi.
Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling