O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lovchining bank


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

351-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lovchining bank
hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lari hisobidan undirish
Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lovchining bank hisobvaraqlarida turgan
pul mablag‘lari hisobidan undirish bojxona organi tomonidan bankka pul mablag‘larining so‘zsiz
tartibda undirilishi to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi.
Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning summasini o‘tkazish to‘g‘risidagi inkasso
topshiriqnomasi quyidagilar to‘lanmagan taqdirda bojxona organi tomonidan besh ish kunidan
kechiktirmay qo‘yiladi:
bojxona to‘lovlarini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati tugagach, bojxona
to‘lovlari to‘lanmaganda;
ushbu Kodeks 350-moddasining 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan muddatlarda to‘lovchida
e’tiroz mavjud bo‘lmagan qo‘shib hisoblangan bojxona to‘lovlari to‘lanmaganda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
tovarlarning bojxona nazorati ostida bo‘lishiga doir talablar buzilgan holda yo‘qotilgan yoxud
foydalanilgan yoki berib yuborilgan tovarlar bo‘yicha hisoblangan bojxona to‘lovlari to‘lanmaganda;
(351-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuniga 
asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-
y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
ushbu Kodeksning 
66-moddasida 
nazarda tutilgan muddatlarda davriy bojxona to‘lovlari
to‘lanmaganda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
To‘lovchining hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatayotgan bank bojxona organining bojxona
to‘lovlarini undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini qonunchilikda belgilangan navbat
tartibida bajaradi.
(351-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling