354-modda. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini
qaytarish shartlari
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga
o‘tkazilgan bojxona to‘lovlarining summalari quyidagi hollarda dastlabki pul mablag‘lari hisobiga
o‘tkaziladi yoki bojxona organlari tomonidan to‘lovchiga qaytarib beriladi:
tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritilishi munosabati
bilan bojxona to‘lovlari summalari qayta hisoblanganda;
agar bojxona rejimi shartlarida ilgari to‘langan bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish
nazarda tutilgan bo‘lsa;
agar tovarning bojxona to‘lovlarini to‘lash ularni hisoblab chiqarishning belgilangan tartibini
buzgan holda amalga oshirilgan bo‘lsa;
bojxona to‘lovlarining stavkalari o‘zgargan bo‘lsa;
bojxona hududiga olib kirilgan tovarga nisbatan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz
tiklangan bo‘lsa;
agar bojxona to‘lovlari to‘langan tovarlar bojxona nazorati ostida yo‘q qilinishi lozim bo‘lsa;
egasi bojxona organi bo‘lgan bojxona ombori tugatilishi munosabati bilan tovarlar
berilayotganda saqlash uchun to‘langan bojxona yig‘imlari summalarining bir qismi qaytarilganda;
bojxona to‘lovlarini hisoblashda ortiqcha to‘lovga olib kelgan texnik xatoliklar aniqlanganda.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalari qonunchilikka muvofiq
boshqa hollarda ham qaytarib berilishi mumkin.
(354-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
355-modda. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini
qaytarish to‘g‘risidagi ariza
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risidagi
ariza shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari kiritilgan
bojxona organiga topshiriladi. To‘lovchi bojxona organiga ariza bilan birga ortiqcha to‘langan yoki
undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish huquqini yuzaga keltiruvchi holatlarni
tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |