O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona organining ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

356-modda. Bojxona organining ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining
summalarini qaytarish to‘g‘risidagi qarori
Bojxona organi ariza kelib tushgan va zarur hujjatlar taqdim etilgan kunning ertasidan
e’tiboran o‘n ish kuni ichida to‘lovchining ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining
summalarini qaytarish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra qaror qabul qiladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risidagi
arizada va taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning bojxona organi tomonidan
qo‘shimcha tekshiruvini amalga oshirish zarurati tug‘ilganda, arizani ko‘rib chiqish o‘n ish kunidan
oshmaydigan muddatga uzaytiriladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risida
qaror qabul qilingan taqdirda bojxona organi arizachini yozma shaklda xabardor qiladi. Yozma
xabardan keyin arizachi bojxona organi bilan birga o‘zaro hisob-kitoblarni taqqoslash
dalolatnomasini tuzadi.
Bojxona organi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini
qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda arizachini qabul qilingan qaror haqida
rad etishning asoslantirilgan sabablarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
357-modda. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini
qaytarish tartib-taomili
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish bojxona
qiymatiga va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvida avval hisoblangan bojxona to‘lovlariga tuzatishlar


kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish mazkur
summalarni quyidagi tartibda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
to‘lovchining arizada ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga;
ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shaxsiy
g‘azna hisobvarag‘iga;
to‘lov amalga oshirilgan valyutada;
dastlabki pul mablag‘lari hisobiga;
bojxona organlari oldidagi boshqa majburiyat bo‘yicha bojxona to‘lovlari to‘lanishini
ta’minlash uchun.
To‘lovchida bojxona to‘lovlarini, shuningdek penyani yoki foizlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik
bo‘lgan taqdirda, bojxona organi qarzdorlikni to‘lovchining roziligi bilan ortiqcha to‘langan yoki
undirilgan bojxona to‘lovlari summasi hisobidan to‘lanishini amalga oshiradi. Bunda ortiqcha
to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summasi to‘lovchiga ushbu qarzdorlik miqdoridagi
bojxona to‘lovlarini, penyani yoki foizlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik chegirib tashlangan holda
qaytariladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalari qaytarilayotganda ular
uchun foizlar to‘lanmaydi va qaytarilayotgan to‘lov summasi indeksatsiyalanmaydi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish bojxona
to‘lovlari turi bo‘yicha bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan, tovarlari bojxona jihatidan
rasmiylashtirilgan boshqa to‘lovchilarning mablag‘laridan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lardan amalga oshiriladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling