O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida yaroqsiz holga kelgan


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

88-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida yaroqsiz holga kelgan,
buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri
oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan
tanlangan bojxona rejimiga tovar shu holatda bojxona hududiga olib kirilganidagi kabi
joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan
tasdiqlanishi kerak.
89-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimini tugallash
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar
boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma’lum qilinishi kerak.
Tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan e’tiboran uch kun ichida vaqtincha
saqlash joyidan olib chiqilishi kerak, bundan tovar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan
hollar mustasno.
14-bob. Bojxona ombori
90-modda. Bojxona ombori bojxona rejimi
Bojxona ombori bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan va
bojxona hududidan olib chiqish uchun mo‘ljallangan tovar bojxona bojlari, soliqlar to‘lanmagan
hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda muayyan binolarda (joylarda) bojxona
nazorati ostida saqlanadi.
91-modda. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari


Bojxona ombori bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona
rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtiriladi, quyidagilar bundan mustasno:
bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar;
bojxona hududidan olib chiqilishi taqiqlangan O‘zbekiston tovari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq bojxona hududi orqali tranzit qilinishi taqiqlangan tovar;
(91-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma’lum qilingan kundagi yaroqlilik
muddati ushbu Kodeksning 
94-moddasiga 
muvofiq ma’lum qilinadigan muddatdan kam bo‘lgan
dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari.
Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida amalga oshirilishi
kerak, bundan ushbu Kodeksning 
93-moddasida 
belgilangan hollar mustasno.
Vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovar
ushbu rejimlarning amal qilishini to‘xtatib turish maqsadida bojxona ombori bojxona rejimiga
joylashtirilishi mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling