O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona hamrohligida kuzatib borishning qo‘llanilishi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

223-modda. Bojxona hamrohligida kuzatib borishning qo‘llanilishi
Bojxona hamrohligida kuzatib borish chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga
nisbatan qo‘llaniladi, bundan quyidagi hollar mustasno:
tovarlarni tashish XYT daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi
bojxona 
konvensiyasiga 
(Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq amalga oshirilgan taqdirda;
milliy avtotashuvchilar tomonidan import tovarlarni tashish tovarlarni bojxona nazorati ostida
tashish uchun jihozlangan transport vositalarida, ushbu tashuvchilar tomonidan litsenziya
kartochkasi taqdim etilgan holda amalga oshirilgan taqdirda;
ushbu Kodeksning 
47-bobiga 
muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlangan taqdirda;
tovarlar bojxona hududiga insonparvarlik yordami va texnik ko‘mak sifatida, shuningdek
xalqaro pochta jo‘natmalari va feldyeger pochtasi sifatida, tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lgan taqdirda
olib kirilganda.
Bojxona hamrohligida kuzatib borish avtotransport vositasi jo‘natuvchi bojxona organiga
yetib kelgan paytdan e’tiboran olti soatdan kechiktirmay boshlanadi.
Bojxona hamrohligida kuzatib borish bitta yoki bir nechta avtotransport vositasiga nisbatan
amalga oshirilishi mumkin, lekin ularning soni yigirmatadan oshmasligi kerak.
Bojxona hamrohligida kuzatib borish uchun bojxona yig‘imi undiriladi.
Bojxona hamrohligida kuzatib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona organlari chet el tovarlarini tashiyotgan transport vositalarining xavflarni baholash
natijalarini hisobga olgan holda bojxona kuzatuvini amalga oshirishi mumkin.
(223-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son
— 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling