O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tovarlarni va ularga doir hujjatlarni bojxona organi tomonidan


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

226-modda. Tovarlarni va ularga doir hujjatlarni bojxona organi tomonidan
belgilanadigan joyga yetkazib berish
Tovar kelib tushadigan bojxona organi joylashgan yerlarga yoki jo‘natuvchi bojxona organi
tomonidan belgilangan boshqa joylarga tovar yetkazib beriladi.
Tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda tovar yetkazib
berilgan taqdirda, u bojxona nazorati zonasiga joylashtiriladi. Tashuvchi tovar kelib tushadigan
bojxona organini tovar yetkazib berilganligi to‘g‘risida quyidagilarni taqdim qilish orqali xabardor
qiladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
tranzit deklaratsiyasini;
(226-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi
O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-
son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
tovarning kuzatuv hujjatlarini;
yetkazib berilgan tovarlarni.
Xabar qilish tovarlar yetkazib berilganidan keyin o‘ttiz daqiqadan kechiktirmay, tovarlar tovar
kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytida yetkazib berilgan taqdirda esa,
bojxona organining ish vaqti boshlanganidan keyin o‘ttiz daqiqadan kechiktirmay amalga oshirilishi
kerak.
Tovar kelib tushadigan bojxona organi xabarnomani olgan paytdan e’tiboran uch soat ichida
tovarning kuzatuv hujjatlariga belgi qo‘yish orqali tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi
faktini tasdiqlaydi. Bojxonaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda tovar va transport vositasi
yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma tekshirish tugallanguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Etkazib berilganligi tasdiqlangan paytdan e’tiboran tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida
turgan tovar maqomini oladi.
Tovar yetkazib berilganidan hamda tovar kelib tushadigan bojxona organiga tegishli hujjatlar
va ma’lumotlar taqdim qilinganidan keyin tovar tushirib olinishi yoki qayta ortilishi, bojxona
omboriga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi, muayyan bojxona rejimiga ma’lum qilinishi
mumkin.
Ushbu moddaning talablarida nazarda tutilgan harakatlar yoki holatlar oqibatida tashuvchi
qilgan xarajatlar tashuvchining hisobiga yoziladi va ularning o‘rni bojxona organlari tomonidan
qoplanmaydi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling