O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

242-modda. O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el
valyutasini noqonuniy olib kirish hamda olib chiqish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlangan
taqdirda ko‘riladigan choralar
Oldingi
 tahrirga qarang.


O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy
olib kirish va olib chiqish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda bojxona organlari
noqonuniy olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy
valyutasini va naqd chet el valyutasini olib qo‘yadi, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazadi, ma’muriy ish
yoki jinoyat ishini qo‘zg‘atadi.
(242-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga O‘zbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va
naqd chet el valyutasi noqonuniy olib kirilganligi va olib chiqilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
taqdim etadi.
(242-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
35-bob. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi
243-modda. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoringni amalga oshirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari
o‘rtasida tuzilgan, tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan va
qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida yoki chet el valyutasida o‘zaro
hisob-kitoblar qilishni nazarda tutuvchi kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning)
bajarilishini kuzatib borish va tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini monitoring qilish jarayonida
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida mavjud bo‘lgan axborot bojxona
yuk deklaratsiyasi bilan solishtiriladi, tovarlarning amaldagi miqdori va sifati bo‘yicha tavsiflarining
hamda assortimentining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida
ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi nazorat qilinadi, shuningdek kontraktlarning qonunchilik
talablariga muvofiqligi tekshiriladi hamda mazkur kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) yuzasidan
muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlar bor-yo‘qligi aniqlanadi.
(243-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling