O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Dastlabki pul mablag‘larini qaytarib berish tartibi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

335-modda. Dastlabki pul mablag‘larini qaytarib berish tartibi
To‘lovchi dastlabki pul mablag‘lari ushbu mablag‘lardan oxirgi foydalanilgan kunning
ertasidan e’tiboran uch yil ichida qaytarib berilishini talab qilishga haqli.
Dastlabki pul mablag‘larini qaytarib olish uchun to‘lovchi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga
ko‘rsatilgan pul mablag‘lari o‘tkazib berilgan bojxona organiga dastlabki pul mablag‘larini qaytarib
berish to‘g‘risida ariza taqdim etadi. To‘lovchi bojxona organiga ariza bilan bir vaqtda to‘lovchi va
bojxona organi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini taqdim etadi.
Bojxona organi o‘n besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘zaro hisob-kitoblarni
solishtirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni solishtirib chiqadi.
O‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi bojxona organining mansabdor shaxsi va
to‘lovchi tomonidan imzolangan kunning ertasidan e’tiboran uch ish kuni ichida bojxona organi
dastlabki pul mablag‘lari qaytarilishini amalga oshiradi.
To‘lovchida bojxona to‘lovlarini, shuningdek penya yoki foizlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik
bo‘lgan taqdirda, dastlabki pul mablag‘lari to‘lovchining roziligi bilan ushbu qarzdorlik chegirib
qolingan holda qaytarib beriladi.
Agar dastlabki pul mablag‘larini qaytarib berish haqidagi ariza ushbu moddaning 
birinchi
qismida 
ko‘rsatilgan muddat ichida taqdim etilmagan bo‘lsa, ushbu pul mablag‘lari bojxona organi
tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
47-bob. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash
336-modda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashning qo‘llanilishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash ushbu Kodeksning 
87

93

95

222

223

236

272

321 
va
329-moddalarida 
belgilangan hollarda qo‘llaniladi.
(336-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)


Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash bojxona organlariga tovarlar chiqarib yuborilguniga
qadar yoxud shunday ta’minlashni nazarda tutuvchi harakatlar amalga oshirilguniga qadar taqdim
etilishi kerak.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling