O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

328-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi
Bojxona to‘lovlari bojxona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlar uchun
ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga to‘lovchi tomonidan to‘lanadi.
To‘langan va undirilgan bojxona to‘lovlarining hisobi bojxona organlarining axborot tizimida
yuritiladi.
To‘langan bojxona to‘lovlaridan olingan mablag‘lar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan yoki
to‘lanishi bojxona rasmiylashtiruviga bog‘liq bo‘lmagan bojxona to‘lovlari uchun bojxona organi
tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida bojxona


organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi, bundan ushbu
moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan holat mustasno.
Ushbu Kodeksning 
262

269
va 
270-moddalariga
muvofiq tovarlarni deklaratsiyalashda
to‘langan bojxona to‘lovlari lozim darajada to‘ldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilishi
yakunlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Bojxona to‘lovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, milliy
valyutada to‘lanadi.
(328-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga
kiradi)
329-modda. Bojxona to‘lovlarini kechiktirib va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish
shartlari
Bojxona organining qaroriga asosan to‘lovchiga bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-
bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi mumkin.
Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatining qo‘shimcha davrga uzaytirilishi bojxona to‘lovlarini
kechiktirib to‘lashdir.
Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatini qo‘shimcha davrga uzaytirib, to‘lanishi lozim bo‘lgan
bojxona to‘lovlari summasini shu davr ichida qismlarga bo‘lib to‘lash bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib
to‘lashdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan
kundan e’tiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi, lekin o‘n to‘rt kalendar kundan kam
bo‘lmasligi kerak, bundan ushbu moddaning 
beshinchi
va 
o‘n birinchi qismlarida
 nazarda tutilgan
hollar mustasno.
(329-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir yuz yigirma kalendar kun
muddatga kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilar bo‘yicha beriladi:
ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan,
bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha;
moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi mikrofirmalar hamda kichik
korxonalarga, fermer xo‘jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon
xo‘jaliklariga o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona bojini to‘lash bo‘yicha.
(329-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bojxona to‘lovlarining bitta
yoki bir nechta turiga, shuningdek to‘lanishi lozim bo‘lgan butun summaga yoki uning bir qismiga
nisbatan berilishi mumkin.
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qaror
ushbu Kodeksning 
330-moddasida 
nazarda tutilgan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan
e’tiboran besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda bojxona organi tomonidan qabul qilinadi.
Bojxona organining qarorida bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati
berilayotgan muddat, bunday imkoniyat berish rad etilgan taqdirda esa rad etish sabablari
ko‘rsatiladi.
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu Kodeksning 
47-
bobida 
nazarda tutilgan tartibda bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash sharti bilan beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq vaqtdan buyon shug‘ullanayotgan, bojxona
to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini yaxshi (yoki o‘z vaqtida) bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga


ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tashqi iqtisodiy faoliyat
ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi. Bunda bojxona to‘lovlarini
bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati oxirgi uch yil davomida to‘langan bojxona to‘lovlari summasining ellik
foizidan oshmaydigan summa miqdorida, olti oy muddatga bojxona to‘lovlarini ta’minlash
qo‘llanilmagan holda berilishi mumkin.
(329-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli 
Qonuniga
asosan
o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzoqroq
muddatlarga va bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanmagan holda berilishi mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling