O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

321-modda. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini
aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda tovarning shartli chiqarib yuborilishi
Tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda uni shartli chiqarib yuborish
deklarantning yoki bojxona brokerining arizasiga ko‘ra bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda bojxona organi ushbu bobda belgilangan tartibda tovarning shartli bojxona qiymatini
mustaqil ravishda belgilaydi.
Tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda uni shartli chiqarib
yuborish, agar bojxona organi tomonidan aniqlangan tovarning bojxona qiymatiga muvofiq
ravishda hisoblab chiqarilgan bojxona to‘lovlari summasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan
to‘lansa yoki to‘lanishi ta’minlansa, amalga oshiriladi.
Bojxona organi ariza kelib tushgan kundan keyingi uch ish kuni ichida deklarantga yoki
bojxona brokeriga tovarning shartli bojxona qiymatining va talab qilinayotgan bojxona to‘lovlari
to‘lanishini ta’minlash miqdorlari to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabar qiladi.
Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashning amal qilish muddati tovar chiqarib yuborilgan
kundan e’tiboran oltmish kalendar kunni tashkil etadi.
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar
taqdim etilganidan keyin bojxona qiymati va tegishli bojxona to‘lovlari tovarning bojxona qiymatiga
va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish shaklini to‘ldirgan holda qaytadan hisob-kitob
qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, bojxona
to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash summasi ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismiga 
muvofiq belgilangan


muddat o‘tgach O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi. Bunda tovarning
bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 
266-
moddasiga
muvofiq amalga oshirilib, u tovarning bojxona qiymatiga nisbatan uzil-kesil qaror
hisoblanadi.
(321-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling