O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

320-modda. Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish
Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish quyidagi
hollarda amalga oshirilishi mumkin:
bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida;
tovar chiqarib yuborilganidan keyin.
Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki)
bojxona to‘lovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar:
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan ma’lum qilingan tovarning bojxona qiymatini
aniqlash usuli va miqdori ularni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarga mos emasligi
aniqlangan bo‘lsa;
bojxona qiymati deklaratsiyasida tovarning ma’lum qilingan bojxona qiymati va (yoki) bojxona
to‘lovlari miqdoriga ta’sir etgan texnik xatolar aniqlangan bo‘lsa.
Tovar chiqarib yuborilganidan keyin uning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga
quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar:
shartli chiqarib yuborilgan tovarga nisbatan uning uzil-kesil bojxona qiymati deklarantning
yoki bojxona brokerining qo‘shimcha axboroti asosida aniqlansa yoxud deklarant yoki bojxona
brokeri ushbu Kodeksning 
321-moddasiga 
muvofiq bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona
qiymatini qabul qilsa;
tovarni deklaratsiyalashda sodir etilgan, tovarning bojxona qiymatining va (yoki) bojxona
to‘lovlarining miqdoriga ta’sir ko‘rsatgan texnik xatolar aniqlangan bo‘lsa;
hujjatlarning keyingi tekshiruvi paytida tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona
to‘lovlarining miqdoriga ta’sir ko‘rsatgan noto‘g‘ri deklaratsiyalash aniqlangan bo‘lsa;
ma’lum qilingan bojxona qiymatining bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududdan
olib chiqilgan tovarning miqdori va (yoki) sifati kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlaridan chetga
chiqishi tufayli tovarning haqiqiy qiymatiga mos emasligi bojxona deklaratsiyasini qabul qilish
sanasida aniqlangan bo‘lsa. Bojxona ko‘zdan kechiruvi dalolatnomasi, shuningdek kontrakt
(shartnoma, kelishuv) taraflari o‘rtasida kelishilgan, bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovar bo‘yicha
— tovarning miqdoriga oid e’tiroz yoki bojxona to‘lovlari undiriladigan tovarlar bo‘yicha — ekspertiza
xulosasi tovarning mos emasligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi;
bojxona to‘lovlarining summalari qaytarilishiga yoki qo‘shimcha to‘lanishiga olib keladigan
yoki tovarning bojxona qiymati miqdoriga ta’sir ko‘rsatgan boshqa asoslar yuzaga kelgan bo‘lsa.


Agar tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish bojxona
to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning paydo bo‘lishiga olib kelgan bo‘lsa, ana shu qarzdorlik
summasiga ushbu Kodeksning 
349-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda penya hisoblanadi.
Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish qaysi tovarning
bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritilayotgan bo‘lsa, faqatgina o‘sha
tovarga nisbatan amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish ushbu
Kodeksning 
266-moddasiga
muvofiq amalga oshiriladi.
(320-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organi tomonidan tovarning bojxona qiymatiga
va (yoki) bojxona to‘lovlariga kiritilgan tuzatishlarga rozi bo‘lmasa, tovarning bojxona qiymatiga va
(yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish sabablarini yozma ravishda tushuntirib berishni
bojxona organidan so‘rab olishga haqli.
(320-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga so‘rov yuborilishi deklarantni
yoki bojxona brokerini bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(320-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuniga 
asosan 2022-yil 3-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun hujjatlar qabul qilinganidan keyin bojxona organi tomonidan
tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritilishi ustidan deklarant
yoki bojxona brokeri belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
320-moddaga O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan
o‘zgartirish kiritilgan. 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling