O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-bob. Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish va to‘lash


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

45-bob. Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish va to‘lash
322-modda. Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun asos
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qo‘llaniladigan stavka turlariga bog‘liq holda bojxona bojini, aksiz solig‘ini va tegishli bojxona
yig‘imlarini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati va (yoki) uning miqdori asos
bo‘ladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(322-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati, to‘lanishi
lozim bo‘lgan bojxona boji summasi, aksiz to‘lanadigan tovar bo‘yicha esa, to‘lanishi lozim bo‘lgan
aksiz solig‘i summasining yig‘indisi asos bo‘ladi.
323-modda. Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish tartibi
Bojxona to‘lovlari deklarant tomonidan hisoblab chiqariladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga
oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 
66-moddasida 
va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar mustasno.
(323-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
324-modda. Bojxona to‘lovlari stavkalarining qo‘llanilishi
Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun:
bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda bo‘lgan,
bundan ushbu Kodeksning 
172 
va 
325-moddalarida 
nazarda tutilgan hollar mustasno;
bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq bo‘lmagan bojxona to‘lovlarini to‘lashda bojxona organi
tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni amalda bo‘lgan stavkalar qo‘llaniladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling