O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimini tugallash


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

69-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimini tugallash


Oldingi
 tahrirga qarang.
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi vaqtincha olib kirish muddati o‘tgan kunning ertasidan
kechiktirmay tovarni olib chiqish yoki uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish bilan tugallanishi
kerak. Vaqtincha olib kirilgan tovarlar reeksport bojxona rejimiga bir yoki bir nechta turkum bilan
joylashtirilgandan so‘ng olib chiqilishi mumkin.
(69-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Tovar avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yo‘q qilingan yoki qaytarib
bo‘lmaydigan tarzda yo‘qotilgan yoxud O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining qarorlari
oqibatida egalikdan chiqib ketgan taqdirda, bu tegishli vakolatli davlat organi tomonidan berilgan
hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa, shaxs vaqtincha olib kirish bojxona rejimini belgilangan
muddatda tugallamaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tugallanganda tovarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona
rasmiylashtiruvini o‘tkazgan bojxona organi tomonidan yoki vakolatli shaxsning arizasiga binoan,
shu tovarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda zarur hajmda bojxona rasmiylashtiruvini
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan boshqa bojxona organi tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Ariza berilayotganda vakolatli shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
tovarni vaqtincha olib kirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi;
vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish vaqtincha olib kirish
bojxona rejimi tugallanguniga qadar boshqa shaxsga berilganligi yoxud u boshqacha tarzda
boshqa shaxsga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat, agar shunday o‘tkazish bajarilgan bo‘lsa.
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona
rejimiga joylashtirish bilan tugallanganda va davriy bojxona to‘lovlari to‘langanda tovarni bojxona
yig‘imlarini to‘lagan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun
bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling