O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-bob. Erkin bojxona zonasi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

16-bob. Erkin bojxona zonasi
106-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va
hududlarda bojxona to‘lovlari to‘lanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda
joylashtiriladi va shu tarzda undan foydalaniladi.
107-modda. Tovarlarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish talablari va
shartlari
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojxona
hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan
O‘zbekiston tovarlari mustasno.
Erkin bojxona zonasi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun zarur O‘zbekiston tovarlariga
nisbatan erkin bojxona zonasi bojxona rejimi qo‘llanilmaydi.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab
etiladigan tovarlar maxsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim.
108-modda. Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur
bo‘ladigan hujjatlar


Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga
bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo‘lgan taqdirda erkin bojxona zonasi bojxona
rejimiga joylashtiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday
hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
109-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga
oshiriladigan operatsiyalar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan operatsiyalar erkin iqtisodiy
zonalar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(109-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo
operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar
mustasno.
(109-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga
oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin.
(109-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling