Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga
bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo‘lgan taqdirda erkin bojxona zonasi bojxona
rejimiga joylashtiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday
hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
109-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga
oshiriladigan operatsiyalar
Oldingi
tahrirga qarang.
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan operatsiyalar erkin iqtisodiy
zonalar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(109-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan
tovar bilan chakana savdo
operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar
mustasno.
(109-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga
oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin.
(109-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: