O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tovarning erkin bojxona zonasi bojxona rejimida turishi muddatlari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

110-modda. Tovarning erkin bojxona zonasi bojxona rejimida turishi muddatlari
Tovar erkin bojxona zonasi bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin.
111-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona to‘lovlarining qo‘llanilishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona to‘lovlari ushbu Kodeksning 
105-moddasi
talablari inobatga olingan holda, erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq
undiriladi.
(111-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
112-modda. Erkin bojxona zonasini tashkil etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Erkin bojxona zonasi erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadigan
tartibda tashkil etiladi.
(112-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-bob. Boj olinmaydigan savdo
113-modda. Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining
bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarida bojxona bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy
siyosat choralari qo‘llanilmagan holda bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlari, shuningdek
O‘zbekiston tovarlari bojxona hududidan chiqib ketayotgan va bojxona hududiga kirib kelayotgan
jismoniy shaxslarga, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslarga,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik
shaxslarga ushbu bobda belgilangan shartlarda chakana holda realizatsiya qilinadi.
(113-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-


maydan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tmayotgan jismoniy shaxslarga
hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet ellik
shaxslarga boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) ruxsat
etilmaydi.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni realizatsiya qilish boj
olinmaydigan savdo do‘konlarida bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling