O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlarini shakllantirish


Download 349.29 Kb.
bet28/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

52-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlarini shakllantirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
yagona soliq to‘lovi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aksiz solig‘i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
(52-modda birinchi qismi 2-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-modda birinchi qismi 2-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son)
mol-mulk solig‘i;
yer solig‘i;
yagona yer solig‘i;
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘im;
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
(52-moddaning birinchi qismi 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining daromadlari hisoblanadi.
(52-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aksiz solig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlariga o‘tkazib beriladi.
(52-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahri shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
(52-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 50 va 51-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5075-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3042-sonli qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bob O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son)

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling