O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
IV bo‘lim. Budjet tizimi budjetlarining daromadlari
Download 349.29 Kb.
|
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- 51-modda. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlarini shakllantirish
IV bo‘lim.
Budjet tizimi budjetlarining daromadlari 9-bob. Davlat budjeti daromadlari 50-modda. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish Davlat budjeti daromadlari: soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 51 va 52-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018-yildagi “Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashning hamda davlat budjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-sonli qarori. 51-modda. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari: 1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; yagona soliq to‘lovi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz solig‘i; yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 2) bojxona bojlari; 3) qo‘shimcha foyda solig‘i; Oldingi tahrirga qarang. (51-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son) Oldingi tahrirga qarang. 4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to‘lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari, kompensatsiya to‘lovlari jarima sanksiyalari va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar, aksiyalarning davlat ulushi (payi) bo‘yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foyda keltiradigan maxsulotdagi davlat ulushi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi. (51-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 50 va 52-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3042-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 17.07.2010-yilda 2122-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan tasdiqlangan Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom. Download 349.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling