O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari


Download 349.29 Kb.
bet16/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi.
(26-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot bo‘yicha tashqi audit va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda banklarning budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromad qismining ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazadi;
budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 174-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2002-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-3093-sonli Farmoni.
27-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini, tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va qabul qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3042-sonli qarori.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling