O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari


Download 349.29 Kb.
bet15/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

23-modda. Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari
Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi:
birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
uchinchi guruh — kapital qo‘yilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga muvofiq);
(23-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
to‘rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari bo‘yicha aniq moddalar budjet tasnifiga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 18 — 20-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11.10.2010-yilda 2146-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 20.08.2010-yildagi 65-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaning 139 va 142-bandlari.
24-modda. Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi
Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi manbalar bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 18 — 20-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11.10.2010-yilda 2146-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 20.08.2010-yildagi 65-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaning IV bo‘limi, 6-ilovasi.
4-bob. Budjet sohasidagi vakolatlar
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini (bundan buyon matnda Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va budjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
budjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;
o‘tgan moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 10-moddasi.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling