O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert
Download 349.29 Kb.
|
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim
140-modda. Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert
Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert (budjet ssudasi) budjet manbalarining to‘liq safarbar qilinishi tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanishini ta’minlamagan taqdirda, qaytarish sharti bilan va foizsiz beriladi. Budjet ssudasi: prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan xarajatlar o‘rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun — to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatga; daromadlar tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish o‘rtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun — olti oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Oldingi tahrirga qarang. Rejali budjet ssudasi daromadlarning prognoz qilingan tushumlari, nazarda tutilgan subvensiya, o‘tkazib beriladigan daromadlarning summasi maqsadli ijtimoiy transfertlar, aylanma kassa mablag‘laridan va yil boshidagi erkin qoldiqlardan vaqtinchalik mablag‘ jalb qilish, dotatsiya tasdiqlangan tegishli budjetlarda nazarda tutilgan ayrim choraklardagi xarajatlar qoplanishini ta’minlamagan hollarda beriladi. (140-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son) Budjet ssudasi: O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari hisobidan — tumanlar va shaharlar budjetlariga ularning daromadlari hamda xarajatlari o‘rtasidagi rejali yoki kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun beriladi. Budjet ssudalarini berishning majburiy sharti ulardan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek joriy moliya yili mobaynida ularni o‘z vaqtida qoplashdan iboratdir. Budjet ssudasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jamg‘armasini taqsimlovchi organ rahbarining budjet ssudasiga bo‘lgan ehtiyojni asoslovchi hisob-kitoblar ilova qilingan yozma so‘rovi asosida beriladi. Budjet ssudasi berish to‘g‘risidagi yozma so‘rovni ko‘rib chiqishda moliya organi qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot va hisob-kitoblarni so‘rab olish huquqiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jamg‘armasini taqsimlovchi organ rahbarining yozma so‘rovini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha budjet ssudasini berish to‘g‘risidagi qaror: O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjetidan — tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari boshliqlari tomonidan besh ish kuni ichida qabul qilinadi. Budjet ssudasini ajratish budjet ssudasini berayotgan moliya organi va budjet ssudasini oluvchi moliya organi (davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organ) o‘rtasida budjet ssudasi berish to‘g‘risidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini oluvchida uni belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatini istisno etadigan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini berish uchun ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi. Budjet ssudasini oluvchi tegishli moliya organiga budjet ssudasini to‘lash muddatlarini uzaytirish to‘g‘risidagi yozma so‘rov bilan to‘lash muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin murojaat etadi. Budjet ssudasini to‘lash budjet ssudasini berish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda: mablag‘larni o‘tkazish; quyi turuvchi budjetlarga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar va dotatsiyalar evaziga o‘zaro hisobga olish; ish haqini to‘lash, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar, stipendiyalar, pensiyalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, kompensatsiya to‘lovlari va nafaqalar to‘lash xarajatlari qoplanganidan so‘ng quyi turuvchi budjetlarning va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni so‘zsiz undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Download 349.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling