O`zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to`g`risida”gi qonun. Reja


-modda. Elektron hujjatni qabul qilib olish


Download 16.64 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi16.64 Kb.
#1607822
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to`g`risida”gi qonun.

15-modda. Elektron hujjatni qabul qilib olish
Agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa:
elektron hujjatni qabul qilib oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan axborot tizimi orqali elektron manzil bo‘yicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi;
elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul qilib olinishini ta’minlagan axborot tizimi ?atto boshqa erda joylashgan bo‘lsa ?am, elektron hujjatni qabul qilib oluvchi turgan joyda qabul qilib olingan deb hisoblanadi.
16-modda. Elektron hujjatlarni saqlash
Elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Elektron hujjatlarni saqlash cho?ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog`oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shunga o‘xshash maqsadga mo‘ljallangan qo?oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.
17-modda. Elektron hujjat aylanishida
elektron hujjatlarni muhofaza qilish
Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni mu?ofaza qilish elektron hujjat aylanishining ishtirokchilariga yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilishining oldini olish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18-modda. Nizolarni hal etish
Elektron hujjat aylanishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
19-modda. Elektron hujjat aylanishi to‘g’risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Elektron hujjat aylanishi to‘g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Download 16.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling