O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

16-BOB
XUSUSIY MULK
207-modda. Xususiy mulk huquqi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
(207-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 11-moddasining 
uchinchi, to‘rtinchi qismlari
,
“O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonun 7-moddasining 
1-bandi
, “Xususiy mulkni
himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 2-moddasining 
birinchi-ikkinchi
qismlari
.
208-modda. Xususiy mulk huquqining subyektlari
Fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy
fondlar va davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy mulk huquqining
subyektlari hisoblanadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
16

58

69

74, 75-moddalari
.
209-modda. Xususiy mulk huquqining obyektlari
Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk
bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
16

169-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti
to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining 
birinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi
Qonuni 
4-moddasi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling