210-modda. Uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelish tartibi
Belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk
huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(210-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan
xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
(210-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi
kooperativ a’zosi pay badallarini batamom to‘lab bo‘lganidan keyin vujudga keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
84-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining
13-moddasi
,
14-moddasining
birinchi
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik
to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining
5-bandi
, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi
Qonuni
, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-
yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan
bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 3-son
qarori
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |