O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

222-modda. Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish
payti
Umumiy mulk huquqidagi ulush shartnoma bo‘yicha oluvchiga, agar taraflarning kelishuvi
bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o‘tadi.


Umumiy mulk huquqidagi ulushning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan
shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tish payti ushbu Kodeks 185-moddasining 
ikkinchi
qismiga 
muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
84

164

168, 169

216 — 221

223-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining Oila kodeksi 
23-moddasi
.
223-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish
Ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o‘rtasida ularning kelishuviga muvofiq
taqsimlanishi mumkin.
Ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni talab qilishga
haqli.
Ulushli mulk ishtirokchilari umumiy mol-mulkni taqsimlash yoki ulardan birining ulushini
ajratish usuli va shartlari to‘g‘risida kelishuvga erisha olmasalar, ulushli mulk ishtirokchisi o‘z
ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qilishga haqli.
Agar ulushni asl holida ajratib olishga qonun yo‘l qo‘ymasa yoki uni umumiy mulk bo‘lgan
mol-mulkka nomutanosib zarar yetkazmasdan ajratib olish mumkin bo‘lmasa, ajralib
chiqayotgan mulkdor ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari tomonidan ulushining qiymati
to‘lanishini talab qilish huquqiga ega.
Ushbu modda asosida ulushli mulk ishtirokchisiga asl holida ajratib berilayotgan mol-
mulkning uning mulk huquqidagi ulushiga nomutanosibligi tegishli pul summasini to‘lash yoki
boshqacha kompensatsiya to‘lash yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Ulushli mulk ishtirokchisiga uning ulushini asl holida ajratib berish o‘rniga boshqa
mulkdorlar tomonidan kompensatsiya to‘lanishiga ishtirokchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Mulkdorning ulushi arzimas bo‘lgan, amalda ajratib berilishi mumkin bo‘lmagan va u umumiy
mol-mulkdan foydalanishdan katta manfaatga ega bo‘lmagan hollarda sud ushbu mulkdor
rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur
mulkdorga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklashi mumkin.
Ushbu moddaga muvofiq mulkdor kompensatsiya olganidan keyin umumiy mol-
mulkdagi ulushiga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
84

88

164

168, 169-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual kodeksining II bo‘limi 
2-kichik bo‘limi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 14.09.2001-
yildagi “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 22-son qarorining 
6-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq
nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 14-son qarorining 
11 — 16

18, 19-bandlari
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling