2-§. Garov
264-modda. Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni
ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Garovga ko‘ra qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda
kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha o‘z talabi garovga qo‘yilgan mol-mulkning
qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo‘lgan shaxs (garovga qo‘yuvchi)ning boshqa kreditorlariga
qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga, qonunda nazarda tutilgan tartibda, haqli
bo‘ladi.
(264-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Garovga oluvchi garovga qo‘yilgan mol-mulkni yo‘qotganlik yoki unga ziyon yetkazganlik
uchun sug‘urta haqidan, bu mol-mulk kimning foydasiga sug‘urta qilingan bo‘lishidan qat’i
nazar, o‘z talabi yuqoridagi asoslarda qanoatlantirilishiga haqli, basharti mol-mulkni yo‘qotish
yoki unga ziyon yetkazish garovga oluvchi javobgar bo‘lgan sabablarga ko‘ra yuz bergan
bo‘lmasa.
Garov shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
265 — 289-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Garov
to‘g‘risida”gi Qonuni
1
,
3-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-
yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar
to‘g‘risida”gi 16-son qarori
14-bandi
, 18-bandining
birinchi xatboshi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |