Garovga qo‘yuvchi har bir navbatdagi garovga oluvchiga
ushbu mol-mulkning mavjud
bo‘lgan barcha garovlari haqida ma’lum qilishi shart va u ushbu majburiyatni bajarmaslik tufayli
garovga oluvchilarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov
shartnomasini tuzish mumkin
bo‘lgan shartlar nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday garov shartnomasi
oldingi shartnomada
ko‘rsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Ko‘rsatilgan shartlar buzilgan taqdirda
oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rnini
qoplashni garovga
qo‘yuvchidan talab qilishga haqlidir.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulk boshqa talablarni ta’minlash uchun yana bir garovning
(navbatdagi garovning)
narsasiga aylansa, navbatdagi garovga
oluvchining talablari ushbu
Kodeksda belgilangan tartibda mazkur mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.
(273-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
264, 265
,
267
,
269
,
272-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Garov
to‘g‘risida”gi Qonunining
15-moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: