mulkka garov huquqi tatbiq
etiladi yoki tegishincha, garovga oluvchi garovga qo‘yuvchiga
tegishi kerak bo‘lgan haq summasidan (kompensatsiyadan) o‘z talabini imtiyozli qanoatlantirish
huquqiga ega bo‘ladi.
(285-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-
oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Garov narsasi bo‘lgan mol-mulk aslida ushbu mol-mulkning egasi boshqa shaxs ekanligi
(ushbu Kodeksning
228-moddasi
) asosida garovga qo‘yuvchidan qonunda belgilangan tartibda
olib qo‘yilgan hollarda ushbu mol-mulkning garovga qo‘yilishi bekor bo‘ladi.
(285-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ushbu
moddaning
birinchi
va
ikkinchi
qismlarida nazarda
tutilgan hollarda garovga
oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
202, 203
,
264, 265
,
267
,
269
,
274 — 279
,
380 — 384-moddalari
,
O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni
9-moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: