O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlardan boshqa shaxs


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

286-modda. Garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlardan boshqa shaxs
foydasiga voz kechish
Garovga oluvchi talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yo‘li bilan kreditorning
huquqlarini boshqa shaxsga berish haqidagi qoidalarga (ushbu Kodeksning 
313-321-moddalari
)
rioya qilgan holda garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘z huquqlarini boshqa shaxsga
berishga haqli.
Garovga oluvchining garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘z huquqlaridan boshqa
shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan ta’minlangan asosiy majburiyat bo‘yicha
qarzdordan talab qilish huquqidan ham o‘sha shaxs foydasiga voz kechilgan bo‘lsa, haqiqiy
bo‘ladi.
Agar boshqacha hol isbotlangan bo‘lmasa, ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha
huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat
bo‘yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishini ham anglatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
202, 203

264, 265

267

269

274 — 279

380 — 385-moddalari
,
O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 
17-moddasi
.
287-modda. Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzni boshqa shaxsga
o‘tkazish
Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarz boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan, agar
garovga qo‘yuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bergan bo‘lmasa
(ushbu Kodeksning 
322-moddasi
), garov bekor bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
202, 203

264, 265

267

269

274 — 279

380 — 386-moddalari
,
O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 
18-moddasi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling