16-BOB
XUSUSIY MULK
207-modda. Xususiy mulk huquqi
Oldingi
tahrirga qarang.
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
(207-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 11-moddasining
uchinchi, to‘rtinchi qismlari
,
“O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonun 7-moddasining
1-bandi
, “Xususiy mulkni
himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 2-moddasining
birinchi-ikkinchi
qismlari
.
208-modda. Xususiy mulk huquqining subyektlari
Fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy
fondlar va davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy mulk huquqining
subyektlari hisoblanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
16
,
58
,
69
,
74, 75-moddalari
.
209-modda. Xususiy mulk huquqining obyektlari
Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk
bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
16
,
169-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti
to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining
birinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi
Qonuni
4-moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |